Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Bahodir Ahmedov: "Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshlab olganimizdan mamnunman"

Bahodir Ahmedov: "Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshlab olganimizdan mamnunman"

Baho:
+-1 | -

Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati “B” guruhi 1-turida O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib bordi va 13:2 hisobidagi yirik g‘alabani nishonladi. Uchrashuvdan keyin milliy terma jamoa bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshlab olganimizdan mamnunman. Birinchi uchrashuv doim qiyinchilik tug‘diradi. Janubiy Koreyaga qarshi o‘yindan ko‘nglim to‘q, ammo baribir xatolar kuzatildi. Xatolar ustida ishlab, ularni bartaraf etishga harakat qilamiz.

Bugun har bir futbolchi yaxshi o‘ynadi va uning samarasi hisobda aks etdi. Tan olish kerak, Janubiy Koreya termasi biz o‘ylaganchalik kuchli bo‘lib chiqmadi, yigitlar ularga yetarlicha qarshilik ko‘rsata oldi.

Endi e’tiborni navbatdagi o‘yinlarga qataramiz. Ertadan yana mashg‘ulotlar o‘tkazib, Tojikiston bilan bellashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz. Tojikiston – kuchli jamoa. Ular bejizga Osiyo chempionati final bosqichiga yo‘l olmagan. Yigitlar bu o‘yinni ham g‘alaba bilan yakunlashiga ishonaman”, – dedi Bahodir Ahmedov O‘FF matbuot xizmatiga. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 19:23, 01.02.2018.
O'qildi: 3771 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.