Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Futzal: OCHdagi birinchi gol O‘zbekiston termasiga tegishli

Futzal: OCHdagi birinchi gol O‘zbekiston termasiga tegishli

Baho:
+ | -

Avval xabar berilganidek, futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati 1-turida Janubiy Koreya bilan bahs yuritib, 13:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 3-daqiqasida terma jamoa sardori Artur Yunusov hisobni ochishga erishdi. Aynan Yunusovning goli futzal bo‘yicha 2018 yilgi Osiyo chempionatining birinchi goliga aylandi.

Parallel ravishda boshlangan “A” guruhining Vyetnam–Malayziya bellashuvida hisob 19-daqiqada ochildi. Shu tariqa, turnirdagi birinchi gol O‘zbekiston termasiga tegishli bo‘ldi.

“B” guruhi 1-turidan o‘rin olgan ikkinchi bellashuvda Yaponiya va Tojikiston bahs olib bordi. Ushbu o‘yinda yaponiyaliklar vakili Kazuya Shimisu 5 soniyadayoq hisobni ochdi. Uning goli hozircha 2018 yilgi Osiyo chempionatining eng tezkor goli bo‘lib turibdi. Mazkur o‘yinda Yaponiya qo‘shnilarimizni 4:2 hisobida mag‘lub etdi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 20:19, 01.02.2018.
O'qildi: 5235 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик