Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Umid Ahmadjonov Qo‘qondagi “Markaziy” stadioniga tashrif buyurdi

Umid Ahmadjonov Qo‘qondagi “Markaziy” stadioniga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston Futb  Assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun viloyatdagi olimpiya sport turlari va futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Andijonga tashrif buyurgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Kunning ikkinchi yarmida Umid Ahmadjonov Qo‘qonga tashrif buyurib, “Qo‘qon-1912” klubiga qarashli “Markaziy” stadionda amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.

O‘FA 1-vise-prezidenti Superliganing yangi mavsumi boshlangunga qadar stadiondagi qayta ta’mirlash ishlarini tezroq yakuniga yetkazish kerakligini ta’kidlab, bu borada tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

Shuningdek, Umid Ahmadjonov stadionda “Qo‘qon-1912” klubi muxlislar jamoasi bilan ham uchrashdi. Qo‘qonlik muxlislarning yangi mavsumga o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlash uchun qay darajada tayyorgarlik ko‘rishayotgani bilan qiziqdi. OCHLdan o‘rin olgan “Nasaf” ishtirokidagi safardagi o‘yinlarga qo‘qonlik eng faol 10 nafar muxlisni O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi hisobidan yuborilishini aytib o‘tdi. O‘z o‘rnida qo‘qonlik futbol ishqibozlari buning uchun Umid Ahmadjonovga katta minnatdorchilik bildirib o‘tishdi.

Jumladan, “Qo‘qon-1912” klubi faxriy muxlisi Sherxon Qosimov O‘zbekiston OTJ Osiyo chempioni bo‘lgani munosabati bilan qo‘qonlik muxlislar nomidan Umid Ahmadjonovni tabrikladi. Yurtimizda sportga, jumladan, futbolni rivojlantirishga hukumat tomonidan katta e’tibor qaratilyotgani uchun muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevdan cheksiz minnatdor ekanliklarini aytib o‘tdi. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:45, 02.02.2018.
O'qildi: 3388 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.