Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Superliga klublari mutaxassislari Yaponiyaga borishadi

Superliga klublari mutaxassislari Yaponiyaga borishadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi tomonidan o‘zbek futbolini yuqori bosqichga olib chiqish uchun  bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Asosiy urg‘u futbol boshqaruvidagi kadrlar masalasiga e’tibor berish, tashkilotning shaffofligini oshirish, oshkoralikni ta’minlash, milliy chempionat tizimini tubdan yangilash, yangi tahrirdagi Reglamentga ko‘ra klublarga nisbatan talablarni kuchaytirish qatorida, futboli rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasidan foydalanishga qaratilmoqda.

Shu maqsadda O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov qisqa muddat ichida BAA, Qatar, Yaponiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Ispaniya kabi  qator mamlakatlarga safar uyushtirib, ular bilan hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishishga, memorandumlar imzolashga muvaffaq bo‘ldi.

Dastlabki safarlaridan biri o‘tgan yilning noyabr oyida Yaponiyaga uyushtirilgandi.   Umid Ahmadjonovning  Tokio shahrida Yaponiya Futbol Assosiasiyasi Prezidenti Tashima Kodzo bilan rasmiy uchrashuvi chog‘ida  O‘zbekiston va Yaponiya  Futbol Assosiyasiyalari o‘rtasidagi hamkorlik va aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu kelishuv asosida har ikki mamlakatning turli yoshdagi terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazish, o‘ziga xos musobaqalar va mavsumiy yig‘inlarni tashkil etish, O‘FA va YAFA terma jamoalari murabbiylari o‘rtasida tajriba almashish, shuningdek, ikki davlat futboli  murabbiylari va tibbiyot xodimlari uchun o‘quv seminarlari tashkil etish, futbol akademiyasi murabbiylari va boshqaruv xodimlari o‘rtasida bilim va tajribalarni almashish, bolalar futboli bo‘yicha murabbiylik kurslarini tashkil etish borasidagi ishlarni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgandi.

Memorandumga javoban shu yilning 7-12 fevral kunlari Yaponiyada O‘zbekiston Superligasida ishtirok etayotgan klublarning marketing bo‘yicha mutaxassislari uchun seminar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Seminar davomida Jey-liga mutaxassislari tomonidan milliy chempionatimiz klublari marketing mutaxassislari uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Shuningdek, marketing bo‘yicha mutaxassislar Jey-ligada marketing, homiylarni jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot olishadi.

Qayd etish lozimki, Yaponiya Jey-ligasida marketing sohasi rivojlangan bo‘lib, Jey-liga birgina 2017 yil davomida jami 240 million AQSH dollari miqdorida homiylik mablag‘lariga ega bo‘lgan. Seminarni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad klublarimiz vakillari uchun o‘z sohalari bo‘yicha bilimlarini oshirish, xorij tajribasini o‘rganish va o‘rganganlarini o‘z klublarida tatbiq qilishdan iborat.

O‘FA va Jey-Liga o‘rtasidagi munosabatlar shu bilangina chegaralanib qolmaydi. Ikki davlat Futbol Assosiasiyalarining kelishuvidan o‘rin olgan yana bir tadbir shu yil mart oyining dastlabki o‘n kunligida tashkillashtirilishi mo‘lajallanmoqda.

4-11 mart kunlari mamlakatimizda bolalar futboli bo‘yicha faoliyat olib borayotgan futbol Akademiyalari va futbol maktablari mutaxassislari, malakali bolalar murabbiylarining bir guruhi Yaponiyaga safar etishi rejalashtirilmoqda. Maqsad, yurtimizda bolalar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish bo‘yicha Yaponiya taraqqiyot modelini va tajribasini O‘zbekistonda tatbiq qilish, yurtimizdagi bolalar musobaqalari va futbol tadbirlarida seleksiya ishlarini takomillashtirishda Yaponiya mamlakati tizimidan foydalanishdan iborat.

Mazkur safar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha Yaponiya Futbol Assosiasiyasida maxsus ishchi guruh tuzildi. Assosiasiyaning xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassisi, o‘zbekistonliklar delegasiyasiga mas’ul xodim  Tomo Sugiyama o‘zbekistonliklarning Yaponiyadagi tashrifi dasturini ishlab chiqdi.

Unga ko‘ra, delegasiyamiz a’zolari 7 mart kuni Jey-Liga uchrashuvlaridan birini tomosha qilishlari, 8 mart kuni yaponiyalik malakali mutaxassislar semminarlarida ishtirok etishlari, Jey-Liga maydonida o‘tadigan Yaponiya U-14 terma jamoasi mashg‘ulotlarini kuzatishlari, 9-10 mart kunlari huddi shunday tadbir U-15 va U-18 termalari ishtirokida davom etishi, 10 martda esa seminar hamda Jey-Liga o‘yinlari uchrashuvlarini tomosha qilish belgilangan. Shuningdek, o‘zbekistonlik delegasiyaning taklif va savollari bo‘yicha ham rejalar tuzish imkoniyati borligi ma’lum qilingan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 13:33, 03.02.2018.
O'qildi: 2406 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.