Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Bahodir Ahmedov: "Jamoaning ko‘rsatayotgan o‘yinidan mamnunman"

Bahodir Ahmedov: "Jamoaning ko‘rsatayotgan o‘yinidan mamnunman"

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov Tojikistonga qarshi (4:2) kechgan “B” guruhi 2-tur o‘yinidan keyin matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z fikrlarini bildirdi.

“Tojikistonga qarshi bahs oson kechmasligini bilardik. Shunga qaramay, o‘z o‘yinimizni ko‘rsatib, g‘alaba qozondik. Tojikiston shakllangan jamoa ekanini, agressiv o‘ynay olishini ko‘rsatdi.

Ajoyib uchrashuv o‘tkazgani uchun yigitlarga rahmat aytaman. Umuman olganda, jamoaning ko‘rsatayotgan o‘yinidan mamnunman.

O‘yindan o‘yinga kuchayib boryapmiz va shu ruhda davom etishimiz kerak. Ertadan Yaponiyaga qarshi bellashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz va ushbu o‘yinni ham o‘z foydamizga hal qilishga harakat qilamiz. Maqsadimiz — har bir o‘yinda zafar quchish”, – dedi Bahodir Ahmedov. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 17:36, 03.02.2018.
O'qildi: 2517 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик