Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq - Tailand
03/02 15:00 Yaponiya - Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya - Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Oliy ta’lim muassaslari o‘rtasida «O‘FA Kubogi» musobaqalarini o‘tkazish Nizomi tasdiqlandi

Oliy ta’lim muassaslari o‘rtasida «O‘FA Kubogi» musobaqalarini o‘tkazish Nizomi tasdiqlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun o‘zaro memorandum imzolagani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Ana shu memorandum asosida yurtimizdagi Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida futbol bo‘yicha “O‘zbekiston futbol assosiasiyasi kubogi” musobaqalarini o‘tkazish Nizomi tasdiqlandi.

Mazkur musobaqani o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlarni ma’naviy boy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tishini ta’minlash, yoshlarni sog‘lomlashtirish uchun futbol o‘yinlariga jalb etishdan iborat.

«O‘FA Kubogi» musobaqasi 3 bosqichda o‘tkazilib, yakunda g‘olib aniqlanadi va musobaqa tashkilotchilari tomonidan taqdirlanadi.

«O‘FA Kubogi»ning 1-bosqichi shu yilning mart oyida boshlanib, unda hududlarda joylashgan Oliy o‘quv yurtlari futbol jamoalari uy-mehmon tizimida bahs olib borishadi.

2-bosqich aprel, may, iyun, sentyabr oylarida Namangan, Samarqand, Urganch, Toshkent shaharlarida o‘tkaziladi. 2-bosqichda hududlardagi 1-bosqich g‘oliblari o‘zaro kurashishadi.

3-bosqich final bosqichi hisoblanib, bunda 2-bosqich g‘oliblari Toshkentda kurash olib borishadi va yaknuda g‘olib aniqlanadi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 22:13, 03.02.2018.
O'qildi: 3120 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.