Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Qozog‘iston Milliy olimpiya qo‘mitasi vakillari Toshkentda mehmon bo‘lishdi

Qozog‘iston Milliy olimpiya qo‘mitasi vakillari Toshkentda mehmon bo‘lishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Qozog‘iston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Daniyar Abulgazin hamda qo‘mitaning sport tibbiyoti boshqarmasi boshlig‘i Janbulat Sarsenov O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurishdi.

Mehmonlarni O‘zbekiston MOQ birinchi vise-prezidenti Oybek Kasimov hamda bosh kotib Jasur Matchanovlar kutib olishdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Milliy olimpiya qo‘mitasi huzurida faoliyat yuritayotgan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishish, kerak bo‘lsa undan andoza olish va Qozog‘istonda ham ana shunday markaz tashkil etishni muhokama qilishdan iborat edi. Tibbiyot markazini ko‘zdan kechirar ekan, Qozog‘iston MOQ bosh kotibi hayajonini yashira olmadi.

"O‘zbekiston MOQ qoshida faoliyat yuritayotgan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi menda juda katta taassurot qoldirdi. Bunday sport tibbiyot majmuasi Markaziy Osiyoda yagona ekanligi ahamiyatlidir. Biz ham Qozog‘istonda sport tibbiyoti bo‘yicha ana shunday markaz tashkil qilishni istaymiz va bu borada O‘zbekiston MOQ bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish istagidamiz", - dedi Daniyar Abulgazin.

Shuningdek, uchrashuv davomida qishki Olimpiya o‘yinlariga ko‘rilgan tayyorgarlik bo‘yicha fikr almashildi. O‘z navbatida, Qozog‘iston MOQ bosh kotibi qishki sport turlari bo‘yicha terma jamoalarimizning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini Qozog‘istonning tog‘li xududlarida hamkorlikda tashkil qilish taklifi bilan chiqdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 15:47, 04.02.2018.
O'qildi: 1706 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик