Klub rasmiy sayti orqali e’lon qilingan yillik hisobotga shunchaki ko‘z yugurtirgan kishi aynan shunday xulosaga keladi. Xorijlik kasbdoshlarimiz esa ma’lumotlarni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqishdi.
«Shaharliklar»ni tanqid qilish hozirda an’ana tusini olgan: uzoq vaqt davomida «MYU»ning soyasida yurgan jamoa kutilmaganda ulkan imkoniyatlarga ega bo‘ldi va ichki musobaqalarda yetakchilar safiga chiqib oldi. Jamoaning hozirda xalqaro sovrinlardan chetda qolayotgani unga tosh otayotganlar uchun asosiy dastak vazifasini o‘tamoqda. Shayx Mansurni isrofgarchilikda ayblayotgan «bilimdon» ekspertlar asosiy jihatni e’tibordan qochirganliklariga shubha yo‘q - jamoa o‘z byudjetidan chetga chiqmagan holda faoliyat yuritmoqda.
Daromad. Chiptalar tushumi pasaydi - nima uchun?
Ingliz futbolidagi serxarajat transfer siyosatiga qaramay, «shaharliklar» ijobiy mutanosiblikni qayd etdilar. Hisobot yilida jamoa daromadi o‘tgan yilga nisbatan 21 foizga o‘sib, 473 mln. funtni tashkil etdi. Uning 155 mln.i TV huquqlari sotuviga, 48 mln.i UYEFA ajratmasi, 218 mln.i transfer kelishuvlari evaziga to‘g‘ri keladi.
52 mln. funt esa chiptalar va atributika sotuvidan jamg‘arildi. E’tiborlisi, mazkur band bo‘yicha tushum 2015|2016 yillar mavsumiga qaraganda, yarim millionga (252,5) pasaydi. Boisi, jamoa Gvardiolaning samarali faoliyati evaziga chiptalar bahosini ko‘tarishdan voz kechib, abonentlar narxlari hamyonbop bo‘lishiga e’tibor qaratdi.
Eng yuqori baho 1014, eng arzoni 252 funt bo‘lgan vaziyatda «shaharliklar» 299 funt qilib belgiladilar. Premium toifasidagi chiptalar narxi nomdor jamoalarda 2013 funt bo‘lsa, ularda 900 funt. Vaholanki, jamoa «MYU» darajasiga ko‘tarilib ulgurgan emas. «Arsenal» muxlislari esa anchadan buyon chiptalar qimmatligidan norozilar.
Xarajatlar: Maoshlar oshyapti - nima qilish kerak?
Hisobot yilida «Siti»ning ish haqi xarajatlari sezilarli darajada oshdi - 174 mln. funtdan 232 mln.ga ko‘tarildi. Shunday sharoitda ham klub kamtarona bo‘lsada (1088000 funt) sof foydaga erishdi.
Yaqin kelajakda yangi texnik homiy bilan manfaatli kelishuvga imzo chekish mo‘ljallanmoqda: mavsum yakunida Nike bilan tuzilgan shartnoma muddati tugaydi, klub Puma bilan hamkorlikni boshlaydi. Natijada jamoa har yili nemis kompaniyasidan 50 mln. funt oladi. Bu Nikening homiylik badalidan 2,5 baravarga ko‘p.
To‘g‘ri, hozircha shayx Mansurning klubi bu borada «MYU»dan orqada: «qizil iblislar» har yili Adidas g‘aznasini naq 75 mln.ga yengillatadilar. «Man Siti» bir necha yildan buyon o‘z sohibiga ziyon yetkazmagan holda yuksak natijalar va ijobiy o‘zgarishlarga erishayotganidan ko‘pchilik oddiy muxlislar xabardor emaslar.
Gap shundaki, jamoa barcha yo‘nalishlarda shiddatli taraqqiyotga erishmoqda. Birinchi navbatda, u taqdim etayotgan hisobotlarning boshqa jamoalardagi quruq hujjatlardan keskin farq qilishini ta’kidlash joiz.
«Shaharliklar» barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlarni e’lon qilish bilan birgalikda mas’ul mutaxassislarning izohlarini ham ilova qilishadi. Mukammal ko‘rinishdagi hisobotda klub faoliyatining barcha jabhalari - bolalar, ayollar futbolidan tortib, xayriya tadbirlaridagi ishtirokkacha batafsil yoritilgan.
Amirliklar ovozi
«Yillik hisobotning asosiy vazifasi - muxlis va hamkorlarni klub tizimining har bir sektoridagi vaziyat bilan tanishtirish», - deydi klub direktorlar kengashining raisi Xoldun al Muborak. Yil yakuniga bag‘ishlangan ma’ruzani o‘qib eshittirish «Siti»ning ijrochi direktori Ferran Sorianoga topshirilgandi.
Muborak amalda «Siti» sohibining ovozi hisoblanib, faylda shayx Mansur janobi oliylari, deb nomlanadi. Murojaatning dastlabki satrlaridayoq Xoldun klubning ikkinchi darajali muvaffaqiyatli natijalarini sanab o‘tdi: so‘nggi besh yil ichida jamoa APL vakillari orasida hammadan ko‘p g‘alabalarga erishdi, ko‘p gol urdi, hisobot mavsumida avvalgi mavsumdagidan 12 ochko ko‘proq to‘pladi.
«Mavsumni sovrinlarsiz yakunlaganimiz muxlislarimizni ranjitgani aniq. Lekin biz bu kamchiliklarni sermazmun o‘yinlar bilan yuvishga harakat qildik», - deydi Muborak.
Shuningdek, u Gvardiola rahbarligidagi dastlabki mavsumda bir-birini inkor etuvchi o‘yinlar ham kuzatilganini ochiq-oydin tan oldi. Yakuniga yetgan yilda Pep va uning shogirdlari aynan mutasaddilar orzu qilgan uslubda to‘p surishayotganini ham ta’kidlab o‘tdi.
Qolaversa, «Siti»ning YECHLdagi ishonarli ishtiroki ham rahbarlar kayfiyatini ko‘targaniga shubha yo‘q. Jamoa shu zaylda o‘ynashda davom etsa, joriy mavsum nufuzli sovringa da’vogarlik qilishga haqli. Hisobotda bu borada ma’lumot berilgan bo‘lmasada, rahbariyat murabbiydan shunday natijani kutadi.
Moliyaviy ko‘rsatkichlar bilan tanishtirishni boshlashdan avval notiq klubni tark etgan futbolchilar - Kabalyero, Navas, Nasri, Kolarov, Klishi va Sabaletalarni tilga olib, ulardan minnatdor ekanligini izhor etdi. Shuningdek, Muborak jamoaning o‘rtacha yoshi sezilarli darajada (28,7dan 26,4gacha) yoshartirilganini ham mamnuniyat bilan qayd etdi.
Ayollik baxti
InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.