Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 14:18 Herta 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/04 14:18 Volfsburg 2-2 Frayburg
20/04 14:18 Mayns 2-0 Nyurnberg
20/04 14:18 Bavariya 5-2 Verder
20/04 14:18 Hoffenhaym 0-0 Ayntraxt F
20/04 14:21 Bayer 2-2 Borussiya D
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Umid Ahmadjonov bir guruh sportchilar bilan imkoniyati cheklangan bolalar maktablariga tashrif buyurdi

Umid Ahmadjonov bir guruh sportchilar bilan imkoniyati cheklangan bolalar maktablariga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun yurtimizdagi mashhur sportchilar, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari, Osiyo chempioni bo‘lgan futbolchilar va murabbiylar bilan birgalikda poytaxtimizda joylashgan 100-ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda Ko‘zi ojizlar maktab internatiga tashrif buyurdi.

Ushbu internatlarda tarbiyalanayotgan imkoniyati cheklangan bolalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘alari — futbol to‘plari, sport anjomlari va Faxriy yorliqlar topshirildi.

Umid Ahmadjonovning topshirig‘iga ko‘ra, endilikda yurtimizda bo‘lib o‘tadigan sport musobaqalari, futbol bo‘yicha milliy chempionatimiz o‘yinlariga mana shunday ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tarbiyalanayotgan bolalarni olib borish  yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi. Bu tashabbusni sportchilar hamda murabbiylar qo‘llab-quvvatlashdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi hisobidan maktab-internatlaridagi bolajonlarni Xalqaro musobaqalarga olib borish amaliyoti ham joriy etiladigan bo‘ldi.

“Bugun Sizning huzuringizga yurtimizning mashhur sportchilari, yaqindagina Osiyo chempioni bo‘lgan futbolchilar va murabbiylar bilar birga keldik. Nasib etsa, bunday tashriflarni yil davomida muntazam ravishda amalga oshirib boramiz. Sizlarga ham kelgusida mashhur sportchi bo‘lib, yurtimiz sharafini xalqaro maydonlarda himoya qilib yurishingizni tilaymiz. Birgalikda yurtimiz sportini va futbolini yuqori pog‘onalarga olib chiqamiz”, - dedi Umid Ahmadjonov.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 18:21, 05.02.2018.
O'qildi: 1981 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик