Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

“Arsenal” Keynni haydab yuborgan ekan!

“Arsenal” Keynni haydab yuborgan ekan!

Baho:
+ | -

“Bolaligimni ko‘p eslayman. Uyimizning yonida bog‘ bor edi. Dadam, akam uchalamiz u yerda futbol o‘ynardik. Ikkita daraxtni darvoza qilib olardik. U paytlari “Arsenal”ning yoshlar tarkibida o‘ynardim. Men uchun qadrli kunlar edi”.

“Bir kuni dadam uyga keliboq yonimga cho‘kkalab, yelkalarimdan tutdi. U nimanidir aytolmayotgani sezilib turardi. Oxiri tilga kirdi:

— Xarri, senga bir gapni aytishim kerak, faqat hafa bo‘lma, xo‘pmi? “Arsenal” seni tarkibdan o‘chirdi. Bizga kerakmas, ortiqcha, deyishdi.

Nima qilishni ham, nima deyishni ham bilmasdim. Dadam menga:

— Sen ulardan xafa bo‘lma, xo‘pmi, biz endi ko‘proq shug‘ullanamiz. Seni zo‘r qilamiz va o‘zingga boshqa klub topamiz, kelishdikmi? — dedi.

Bilasizmi, agar dadam ayrim dadalarga o‘xshaganida, balki, men ham hozir hech kim bo‘lmasdim. Chunki mening vaziyatimda qolgan, klubdan o‘chirilgan bolalarning dadalari ko‘pincha “Demak, sen ularning talabiga javob bermagansan, sen takasaltang va dangasasan, qo‘lingdan hech narsa kelmaydi”, deya chakkalariga shapaloq tortardi. Ammo mening dadam unaqa qilmadi. Kechani kecha, kunduzni kunduz demay, akam ikkalasi men bilan shug‘ullanishdi”.

“Uotford” havaskorlari bilan “Tottenxem” o‘ynagan paytda “Uotford” havaskorlari tarkibida edim. Shundan so‘ng “Tottenxem”ning nazariga tushdim.

Endi qarang, men oppoq formadaman. Formam “Arsenal”nikidan chiroyli. Bilasizmi, har gal “Arsenal” bilan o‘ynaganimizda nimaga harakat qilaman? “Kim haq edi, menmi yoki sizlarmi?” degan savolga javob berishga urinaman”.

“Tottenxem”dan minnatdorman. Bu klubning sharofati bilan kimsan Premyer ligada 100 ta gol urdim. Hatto meni 2 yil ijaraga berishganida ham arazlamaganman. Ular mening nimanidir o‘rganishimni istashgan, axir. Shunday bo‘ldi ham. Men ijarada ham juda ko‘p narsalarni o‘rgandim.

“Lester Siti”da ijarada o‘ynaganimda “Lester” Chempionshipda edi. “Men Chempionshipda o‘ynay olmayapman-u, “Tottenxem”ning asosiy tarkibida o‘ynash qachon nasib etadi?” deb o‘ylab yurardim. Bir kuni internetda Tom Bredi biografiyasi bilan tanishib qoldim. Uning hayoti xuddi meniki kabi bo‘lgan ekan. Juda o‘xshardi. Ilhom manbayim Tom Bredi bo‘ldi. Endi men o‘zimga ishonardim va Premyer ligada o‘zimni ko‘rsatishga qaror qilgandim”.

“Ijaradan qaytganimdan so‘ng ham Andre Villash Boash meni qaytadan yana ijaraga jo‘natmoqchi edi. Ammo men:

— Ketmayman! — dedim. — O‘ynatmasangiz o‘ynatmang, ammo “Tottenxem”dan ketmayman. Zaxirada o‘tiraveraman.

Shu tariqa klubda qoldim”.

“Pochettino kelganidan so‘ng hamma narsa o‘zgardi. Buyog‘i afsona bo‘lib ketdi. Bilasizmi, agar siz Pochettino “Ishla”, deganida sidqidildan ishlasangiz, u sizga dunyolarni olib beradi”.

“Dastlabki uchta o‘yinda uchta gol — bu men uchun afsona edi”.

“Birinchi marta xet-trik qilganimda Pochettino meni ilk marta o‘z xonasiga chaqirdi. U meni qizil sharob bilan kutib oldi va shunday dedi:

— Sen bilan suratga tushsam, qarshimasmisan?.

“Ilk marta “Arsenal”ga qarshi o‘ynaganimda butun tanam hayajondan qaltirardi. Xayolimda faqat bir narsa bor edi — gol urishim kerak.

O‘sha kuni “Arsenal” darvozasiga ikkita gol urdim”.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 12:41, 07.02.2018.
O'qildi: 4859 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик