Kirish Ro'yxatdan o'tish

Superliga klublari mutaxassislari malaka oshirish uchun Yaponiyaga yo‘l olishdi

Superliga klublari mutaxassislari malaka oshirish uchun Yaponiyaga yo‘l olishdi

Baho:
+ | -

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 8-12 fevral kunlari Yaponiyada O‘zbekiston Superligasida ishtirok etayotgan klublarning marketing bo‘yicha mutaxassislari uchun seminar tashkil etiladi.

Ushbu seminar o‘tgan yilning 17 noyabr kuni O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov va Yaponiya Futbol Assosiasiyasining Prezidenti Tashima Kodzo o‘rtasida imzolangan memorandum asosida tashkil etilayotganini ham alohida ta’kidlash kerak.

Kecha Superliga klublari vakillari seminarda ishtirok etish uchun Yaponiyaga yo‘l olishdi. Seminar davomida Jey-liga mutaxassislari tomonidan milliy chempionatimiz klublari marketing mutaxassislari uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Shuningdek, marketing bo‘yicha mutaxassislar Jey-ligada marketing, homiylarni jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot olishadi.

Aytish kerakki, Yaponiya Jey-ligasida marketing sohasi juda rivojlangan bo‘lib, Jey-liga birgina 2017 yil davomida jami 240 million AQSH dollari miqdorida homiylik mablag‘lariga ega bo‘lgan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 09:24, 08.02.2018.
O'qildi: 2024 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик