Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Duglas Kosta jarohatidan forig‘ bo‘lib yana safga qaytdi.
Braziliyalik futbolchi umumiy mashg‘ulotlarga qatnashishni boshladi va “Fiorentina”ga qarshi o‘yinning 66-daqiqasida maydonga tushirildi.
Kosta YECHLda “Tottenxem”ga qarshi uchrashuvda ham maydonga tushishi mumkin.