Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Jalil Kimsanov; "Neftchi"ning asl shon-shuhratini tiklashga harakat qilamiz"

Jalil Kimsanov; "Neftchi"ning asl shon-shuhratini tiklashga harakat qilamiz"

Baho:
+ | -

“Neftchi” safiga qo‘shilgan qo‘qonlik himoyachi Jalil Kimsanovdan  dastlabki taasurotlari bilan o‘rtoqlashishni so‘radik.

- Avvalo menga ishonch bildirib jamoaga taklif qilgan murabbiylarimizga rahmat aytmoqchiman. "Neftchi" murabbiylaridan tushgan taklifdan so‘ng o‘zimni viloyatning bosh jamoasi safida sinab ko‘rishga ahd qildim.  "Neftchi"da to‘p surish har bir farg‘onalik futbolchining orzusi desam adashmasam kerak. Taassurotlarim yaxshi. Men o‘zimga berilgan bu imkoniyatdan foydalanib "Neftchi"ning asl shon-shuhratini tiklashga o‘z xissamni qo‘shmoqchiman.

Shu o‘rinda meni bu jamoaga o‘tishimga rozilik bildirgan "Qo‘qon-1912" jamoasi rahbariyatiga, shaxsan No‘’mon aka Hasanovga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. O‘z ona shahrim bo‘lgan Qo‘qon jamoasiga kelayotgan mavsumda omad yor bo‘lishini tilayman. O‘ylaymanki "Qo‘qon-1912" ham "Neftchi" ham bu mavsumda o‘z muxlislarini xursand qiladi.

Muxlislarimizdan stadionga kelib  jamoamizni qo‘llab turishlarini iltimos qilaman  - deydi Jalil Kimsanov

"Neftchi" matbuot xizmati

Manba: www.fcneftchi.uz
Kiritildi: 12:06, 10.02.2018.
O'qildi: 2393 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик