Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Lokomotiv» yangi futbolchilarini keng ommaga tanishtirdi

«Lokomotiv» yangi futbolchilarini keng ommaga tanishtirdi

Baho:
+1 | -1

Toshkentning "Lokomotiv" klubi yangi mavsum starti oldidan o‘z safiga qo‘shib olgan futbolchilari taqdimot marosimini o‘tkazdi.  

"Lokomotiv" stadioni matbuot anjumanlar zalida tashkil etilgan tadbirda 6 nafar futbolchi tanishtirildi. Dastavval klub bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramov so‘zga chiqib, klub oldiga yangi mavsumda ulkan maqsadlar qo‘yilayotganini ta’kidladi:

- "Lokomotiv" 2018 yilgi mavsumni amaldagi chempion va kubok sohibi sifatida boshlaydi. Bu esa zimmamizga katta mas’uliyat yuklashi tabiiy. Zero, bizdan o‘z unvonlarimizni saqlab qolish hamda xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qilish talab etiladi. Shuni inobatga olgan holda jamoamiz yangi mavsumga imkon qadar puxta hozirlik olib bordi. Tarkibga yaxshi saviyadagi futbolchilar taklif etildi. Endi ulardan muxlislarimiz istayotgan o‘yinni namoyish etish talab etiladi, -  dedi To‘labek Akramov.

So‘ngra Andrey Miklyayev ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
- Jamoamiz yangi mavsumga yaxshi tayyorgarlik olib bordi. 2ta xorij yig‘ini tashkil etildi. Yaxshi saviyadagi jamoalar bilan nazorat o‘yinlari o‘ynadik. Qolaversa, tarkibimizni sezilarli darajada kuchaytira oldik. Hozir bizning har bir chizig‘imizda raqobat bor. Bu esa kishini xursand qilmay qolmaydi, albatta, -  dedi bosh murabbiy.

So‘ngra futbolchilarga yangi raqamlari tushirilgan futbolkalar topshirildi. Ungra ko‘ra, Sardor Rashidovga 27-raqam, Husniddin G‘ofurovga 19-raqam, Igor Yelichga 88-raqam, Sherzod Karimovga 8-raqam, Cho Suk Jaega 99-raqam hamda Nivaldoga 6-raqam topshirildi.

Tanishtiruv marosimining uchinchi qismida OAV vakillari bevosita futbolchilarning o‘zlariga savollar bilan murojaat qilish imkoniga ega bo‘lishdi. Jamoamizning yangi a’zolari quyidagicha fikr bildirib o‘tishdi:

Nivaldo:  "Lokomotiv" - o‘z nufuziga ega jamoa. Bunday klub safida o‘ynash har qanday futbolchi uchun faxr. Men ham imkon qadar o‘zimdan kutilgan o‘yinni namoyish etishga urinaman. Ilgari tayanch yarim himoyachisi sifatida o‘ynaganman. Keyinroq hujumkor futbolchi sifatida sinab ko‘rishdi. O‘zimga ham oldingi chiziqda o‘ynash yoqadi. O‘z gollarim va chiroyli o‘yinim bilan jamoa muxlislarini xursand etishga urinaman.

Cho Suk Jae:  "Lokomotiv" nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Osiyoda o‘z o‘rniga ega jamoa sanaladi. Bunday nomdor klub safiga qo‘shilganimdan faxr tuyg‘usini tuydim. Nasib etsa, "Lokomotiv" safida mazmunli o‘yin namoyish etmoqchiman.

Sardor Rashidov:  "Lokomotiv"dek klubga o‘tganimdan mamnunman. Ushbu klub safida yutuqlarga erishmoqchiman. Umid qilamanki, "Lokomotiv"da o‘z o‘yinimni ko‘rsata olaman.

Sherzod Karimov:  "Paxtakor" bilan shartnomam yakunlandi. Bu orada "Lokomotiv"dan qiziqarli taklif tushdi va bajonudil unga rozilik bildirdim. "Lokomotiv" bilan ko‘plab sovrinlar yutishni istayapman.

Igor Yelich:  "Lokomotiv" - O‘zbekistonning eng kuchli klubi. Ushbu jamoada o‘ynash sharaf. Qolaversa, jamoa Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etadi. Bu klubda ekanimdan xursandman.

Husniddin G‘ofurov:  Bir necha yil Serbiyada faoliyat olib bordim. Endi o‘z kuchimni O‘zbekiston chempionatida sinab ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bundan juda mamnunman. "Lokomotiv" safida Superligada ham, Chempionlar Ligasida ham chiroyli o‘yin ko‘rsatishga harakat qilaman.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 16:52, 10.02.2018.
O'qildi: 9713 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.