Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Oilaviy kasb yoxud aka-uka futbolchilar haqida (fotogalereya)

Oilaviy kasb yoxud aka-uka futbolchilar haqida (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Mabodo Ueyn Runining professional futbol bilan shug‘ullanadigan ukasi borligini bilmasangiz, u holda ushbu maqolani o‘qib chiqishni tavsiya qilamiz.

Bordiyu, bundan xabardor bo‘lsangiz... mayli, baribir, quyidagi ma’lumotlarga ko‘z yugurtiravering - har holda, aka-uka Sneyderlar haqidagi qayg‘uli voqea bilan tanishish zarar qilmasa kerak.

Aka-uka Sneyderlar

RODNI SNEYDER. 26 yosh. Yarim himoyachi. Klubi: «DHSC» (havaskorlar jamoasi, Gollandiya).

Karyerasi: «Ayaks», «Utrext», «Valveyk», «Almere Siti», «Dandi Yunayted», «Yong Utrext», «DHSC»

Sneyderlar orasida eng kenjasi. Gollandiyaning bolalar va o‘smirlar termalarida o‘ynagan. 2008 yili 17 yoshga to‘lgan Rodniga Madridning «Real» klubi qiziqib qoldi.

Ammo o‘sha kezlari «Qirollik klubi»da to‘p surgan Uesli Sneyder ukasining Madridga kelishiga qarshi chiqib, dastlab u «Ayaks»ning birinchi jamoasiga o‘tishi lozimligini ta’kidladi. Afsuski, Rodniga akasining yo‘lidan borish nasib qilmadi.

«Ayaks»ning asosiy tarkibiga kirolmadi, «Real»ga o‘tish esa armonligicha qoldi. Keyinchalik Shotlandiyaga ko‘chib o‘tgan futbolchi 2015 yili sog‘lig‘idagi muammolar tufayli «Dandi Yunayted» safini tarkib etib, yurtiga qaytdi.

2016|2017 yillar mavsumida «Utrext»ning zaxira jamoasida o‘ynadi, o‘tgan yilning avgustidan buyon «DHSC» havaskorlar klubida to‘p surmoqda. Bu yerda aka-uka Sneyderlarning to‘ng‘ichi - Jeffri bosh murabbiy yordamchisi vazifasida ishlaydi.

JEFFRI SNEYDER. 35 yosh. Vinger. Faoliyatini yakunlagan. «DHSC» bosh murabbiyi yordamchisi.

Karyerasi: «Yong Ayaks», «Telstar», «Ayaks A2», «Yong Valveyk», «Den Bosx», «Elinkviyk».

Jeffrining faoliyati yomon boshlanmagandi. «Ayaks»­ning zaxira jamoasida («Yong Ayaks») u Marten Stekelenburg hamda Rafael van der Vart bilan o‘ynagan.

2001 yilda esa «Telstar»ga ko‘chib o‘tgan. 2004 yili jarohat olib, yarim yil tanaffus qildi. Yashil maydonga qaytgach esa, yoshlar jamoasida sport formasini tiklashga urindi, faoliyati yakunida esa quyi ligalarda to‘p surdi.

Bugungi kunda havaskorlar jamoasida bosh murabbiyga yordamchilik qilmoqda.

UESLI SNEYDER. 33 yosh. Klubi: «Al-Garafa» (Qatar).

Karyerasi: «Ayaks», «Real», «Inter», «Galatasaroy», «Nissa», «Al-Garafa».

Aka-ukalaridan farqli ravishda, Ueslini ortiqcha tanishtirishga hojat yo‘q.

Aka-uka Uchelar

KALU UCHE. 35 yosh. Hujumchi. Klubi: «Deli Daynamos» (Hindiston).

Karyerasi: «Enimba», «Ivuanyanvu Neyshnl», «Espanyol», «Visla», «Bordo», «Almeriya», «Ksamaks», «Qosimposho», «Al-Jaish», «Al-Rayyan», «Levante», «Puna Siti», «Deli Daynamos».

Uchelarning to‘ng‘ichi qayerlarda o‘ynamadi, deysiz. Yevropadagi beshta mamlakatda bo‘ldi - Polsha, Ispaniya, Fransiya, Shveysariya va Turkiya chempionatlarida to‘p surib, jami 88ta gol urdi. Bunday natija bilan Nigeriya termasiga chaqirilishi tabiiy edi. Milliy jamoa safida JCH-2010da qatnashib, 2ta to‘p kiritdi. Ammo nigeriyaliklar o‘sha turnirda guruhda qolib ketishgandi. Hozirda Kalu Hindiston superligasi vakili «Deli Daynamos» tarkibida futboldan rohatlanib, katta pullar ishlamoqda.

IKECHUKVU UCHE. 34 yosh. Hujumchi. Klubi: «Ximnastik» (Ispaniya).

Karyerasi: «Ivuanyanvu Neyshnl», «Rasing Ferrol», «Rekreativo», «Xetafe», «Saragosa», «Vilyarreal», «Granada», «Tigres», «Malaga», «Ximnastik».

Xuddi katta akasi singari, Ikechukvuning iqtidori ham Pireney yarim orolida ochildi. La liga bahslarida Kalu bilan ko‘pincha bir-birlariga qarshi to‘p surishardi.

Kichik Uche hayotidagi eng muhim golni 2008 yili «Santyago Bernabeu»da Iker Kasilyas qo‘riqlagan darvozaga urgan. O‘sha o‘yinda Ikechukvuning jamoasi «Xetafe» «Real»dan ustunlik qilgan (1:0).

Termada faoliyatiga kelsak, 2013 yili Afrika millatlar kubogi sohibiga aylangan. Bugungi kunda 34 yoshli forvard Segunda o‘rtamiyonasi - «Ximnastik»ning eng yaxshi to‘purarlaridan biri sanaladi.

Aka-uka Iguainlar

GONSALO IGUAIN. 30 yosh. Hujumchi. Klubi: «Yuventus» (Italiya).

Karyerasi: «River Pleyt», «Real», «Napoli», «Yuventus».

Argentinalik futbolchi Xorxe Iguainning oilasida tavallud topgan. Shunday ekan, Gonsalo va uning akasi ota izidan borib, aynan shu sport turini tanlaganliklari bejiz emas, albatta.

FEDERIKO IGUAIN. 33 yosh. Hujumkor yarim himoyachi. Klubi: «Kolambus Kryu» (MLS).

Karyerasi: «River Pleyt», «Nueva Chikago», «Beshiktosh», «Amerika», «Independyente», «Godoy Krus», «Kolon», «Kolambus Kryu».

«River Pleyt» tarbiyalanuvchisi, Gonsalo Iguainning to‘ng‘ich akasi Federiko oilada eng yaxshi futbolchi nomiga da’vo qilolmaydi. Uning Yevropadagi faoliyati hamin­qadar kechdi.

«Beshiktosh»da o‘tgan mavsumni hatto eslamasa ham kerak. Shunga qaramay, AQSHda o‘zini ancha erkin his qildi, deyish mumkin. Hujumkor yarim himoyachi sifatida «Kolambus Kryu»ning 154ta o‘yinida maydonga tushib, 50ta gol urdi.

MLSdagi dastlabki mavsumida esa «2012 yil kashfiyoti» mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Aka-uka Leytelar

KAKA. 35 yosh. Yarim himoyachi. Faoliyatini yakunlagan.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:53, 11.02.2018.
O'qildi: 11426 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.