Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-0 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

“Neftchi” futbolchilari bilan intervyu

“Neftchi” futbolchilari bilan intervyu

Baho:
+1 | -

Sergey Kovshov bosh murabbiyligidagi farg‘onaliklar Toshkentda yig‘in o‘tkazmoqda. Kuni kecha klub rasmiy sayti xodimlari jamoaning bir qator futbolchilar bilan intervyu tashkil etishdi.

Jasur Azimov: Birinchi o‘rinda “Neftchi” jamoasi futbolchisiga aylanganimdan xursandman. Murabbiylar menga ishonch bildirishmoqda. Buning uchun ularga rahmat. “Navbahor” bilan qiyin o‘yin o‘tkazdik. Qishki yig‘inda jamoa ko‘rigida bo‘lib turgan barcha o‘yinchilar o‘zini ko‘rsatishga harakat qiladi. Shuni hisobga oladigan bo‘lsak, namanganlik futbolchilar ham bizga qarshi bor kuchlari bilan to‘p surishdi. Yangi jamoa tashkillanmoqda. Sekin-asta futbolchilar bir-birini tushunib boradi. Yangi mavsumdan umidimiz katta.

Amirjon Safarov: “Navbahor”ga qarshi o‘yin oson o‘tmadi. Afsuski, ko‘plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Agar golli vaziyatlarni muvaffaqiyatli yakunlaganimizda bahs boshqacha ruhda kechishi ham mumkin edi. Toshkentdagi ilk nazorat o‘yinlari bo‘lgani uchun yigitlar biroz bir-birlarini tushunib harakat qilishga qiynalishdi deb o‘ylayman. Bu vaqtincha holat. Mazkur jarayondan o‘tib olsak, hammasi yaxshi bo‘ladi. Kuchli tarkib shakllanmoqda. Namangan jamoasi ham yomon emas. Ancha yillardan beri bir xil tarkib o‘ynab kelmoqda.

Sunnatilla Ermatov: Yangi mavsumga tayyorgarlik yaxshi kechyapti. Klub tomonidan futbolchilarga barcha sharoitlar yaratib berilgan. Yig‘inlar chog‘idagi o‘rtoqlik bahslari murabbiylar uchun juda foydali bo‘ladi. Shu orqali ular ko‘rikdagi futbolchilarning imkoniyatlariga baho berishadi. Oldinda “Neftchi”ni yana bir qator bahslar kutmoqda. Biz galdagi o‘yinlarda g‘alaba qozonishni istaymiz albatta. Bu orqali farg‘onalik muxlislarni xursand qilmoqchmiz. Futbolda eng muhimi g‘alaba hisoblanadi.

“Neftchi” matbuot xizmati

Manba: www.fcneftchi.uz
Kiritildi: 21:37, 13.02.2018.
O'qildi: 3345 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик