“Tottenxem” klubi hujumchisi Xarri Keyn “Yuventus”ga qarshi o‘yinda gol urdi.
Gap shundaki, angliyalik futbolchi musobaqa tarixida ilk 9 uchrashuvda 9 ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi.
Avvalgi rekord “Lasio” sobiq hujumchisi Simone Inzagiga tegishli bo‘lib, u dastlabki 10 ta o‘yinda 9 gol urgandi.
Taqqoslash uchun Lionel Messi YECHLdagi ilk 9 o‘yinida 2ta gol urgan, Krishtianu Ronaldu esa gol urmagan.
Ma’lumot uchun, Keyn ayni vaqtda YECHL to‘purarlari orasida faqat 9 ta gol urgan Ronaldudan ortda bormoqda. Keyn bugun joriy mavsum YECHLdagi 7-golini urdi.