Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

YECHL. «Manchester Siti» deyarli chorak finalda!

YECHL. «Manchester Siti» deyarli chorak finalda!

Baho:
+ | -

Hozirgi kunda o‘zining eng yaxshi formasini ushlab turgan "Manchester Siti" muddatidan avval Yevropa chempionlar ligasining chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. "Shaharliklar" Shveysariyada "Bazel" mehmoni bo‘lishdi va raqibni yanchib tashlashdi.

Gvardiola shogirdlari o‘yin boshidan tashabbusni o‘z qo‘llariga olib, asta-sekin raqib darvozasi tomon yaqinlashib keldi. Uchrashuvning 14-daqiqasida mankunianliklar burchak to‘pidan samarali foydalanib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Shveysariyaliklar o‘z jarima maydonchalari ichida Gyundoganni e’tiborsiz qoldirishdi.

Oradan 4 daqiqa o‘tib hisobdagi farq oshdi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani himoyachi bosh bilan qaytardi, ammo Bernardu Silva aniq zarba bilan darvozabonga imkoniyat qoldirmadi.

Ko‘p o‘tmasdan hisob 0:3 ko‘rinishiga keldi. Fernandinyo tomonidan berilgan uzatma rekoshet orqali Agueroga kelib tushdi. Argentinalik hujumchi jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berib, "Bazel" posbonini dog‘da qoldirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Gyundogan chiroyli gol muallifiga aylandi: Ilkay 3 nafar futbolchidan o‘tib ketib, "yumshoq" zarba bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

Jamoalar 7 mart kuni Manchester shahrida javob o‘yinini o‘tkazishadi. Amalda esa "Siti" chorak final yo‘llanmasini hal qilib qo‘ydi.

YECHL, nimchorak final, javob o‘yini
Bazel Shveysariya – Manchester Siti Angliya 0:4 (0:3)
Gollar: 0:1 – 14 Gyundogan, 0:2 – 18 Bernardu Silva, 0:3 – 23 Aguero, 0:4 – 53 Gyundogan.
Bazel – Vaslik, Suxi, Riveros, Lang, Lakrua, Die, Jaka, Elyunussi (Byua, 85), Fray, Shtoker (Ayeti, 71), Oberlen.
Manchester Siti – Ederson, Otamendi, Kompani, Uoker, Delf, Gyundogan, Fernandinyo, Bernardu Silva, de Bryuyne (Silva, 63), Sterling (Sane, 57), Aguero (Danilo, 85).
Ogohlantirishlar: Jaka (38), Fernandinyo (59), Die (89), Gyundogan (89).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:31, 14.02.2018.
O'qildi: 4974 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.