Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

«Ajdarlar»ning beshinchi urinishi: - «Portu» «Liverpul»ni yengishga harakat qilib ko‘radi

«Ajdarlar»ning beshinchi urinishi: - «Portu» «Liverpul»ni yengishga harakat qilib ko‘radi

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasi nimchorakfinalining dastlabki o‘yinida «Portu» o‘z maydonida «Liverpul» bilan bellashadi.

Qur’adan so‘ng, ko‘pchilik mutaxassislar bu juftlikda mersisaydliklarning imkoniyati baland deb jar soldilar. Biroq, «ajdarlar» o‘z uyida istalgan raqibga jiddiy qarshilik ko‘rsatishga qodir bo‘lgan jamoadir.

Portugaliya klubi guruh bosqichida «Beshiktosh», «RB Leypsig» va «Monako» bilan bellashib, 2-o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqdi. O‘z uyida o‘tkazib yuborilgan o‘yinlarning barchasida gol o‘tkazib yubordi. Milliy chempionatda esa 21 turdan so‘ng, 55 ochko jamg‘arib, peshqadam bo‘lib turibdi.

«Liverpul» guruh bosqichida «Spartak», «Maribor» va «Sevilya» bilan bellashib, 3ta g‘alaba bilan 3ta durang natija qayd qilib, 1-o‘rin bilan pley-offga chiqdi. Yurgen Klopp shogirdlari ajoyib sermahsullikni namoyish qilib, raqib darvozasini 23 marta ishg‘ol etishdi. APL jadvalida «qizillar» uchinchi o‘rinda bormoqda.

Qarama-qarshilikning qiziqarlari faktlari:

«Liverpul» rasmiy 4ta o‘yinda hech qachon «Portu»ga yutqazmagan.

Bu o‘yinlarda «ajdarlar» atigi ikkita gol urganlar.

«Portu» ikki marta Yevropaning eng nufuzli turnirida g‘olib chiqqan, «Liverpul» – besh marta.

So‘nggi 10ta o‘yinda «Liverpul» 7 marta g‘alaba qozongan.

«Portu» o‘z maydonida so‘nggi marta 2017 yil 17 oktyabr kuni, Chempionlar Ligasi guruh bosqichida «RB Leypsig»ga (2:3)yutqazgan.    


«Portu» bosh murabbiyi Serjiu Konseysau o‘yindan oldin, raqibning sust tomonlaridan foydalanib qolishga umid bildirdi.

«Bizga zo‘r jamoa ro‘baro‘ kelmoqda. Ammo, «Portu» yuqori saviyada o‘ynayotganini har haftada ko‘rmoqdaman. Har ikkala klub ham boy tarixga ega va har ikkalasi ham keyingi bosqichga chiqish umidida. 

«Liverpul» hujumi Premyer-ligada ikkinchi o‘rinda turadi. Bundan tashqari, jamoa barqaror o‘yin namoyish qilmoqda. Albatta, har kimda bo‘lgani kabi, ularning sust tomonlari ham bor va biz undan foydalanishga harakat qilamiz. Bizning o‘z uslubimiz va strategiyamiz mavjud, shunga sodiq qolishga urinamiz.

Biz ko‘p ishladik, futbolchilarim o‘zini yaxshi his qilmoqdalar va g‘alaba qozonishmoqchi» - dedi Konseysau.

«Liverpul» ustozi Yurgen Klopp fikriga ko‘ra, qarama-qarshilik taqdiri ikkinchi o‘yinda hal bo‘ladi. 

«Omadimiz kelgan kunlarda juda kuchlimiz, ammo «Portu»ga qarshi o‘yinda natijaga erishi uchun, juda ham kuchli o‘yin namoyish qilishimiz shart.

Bu jismonan baquvvat, yaxshi futbolchilarga ega chayir jamoa. Shu tufayli, vazifamiz oson bo‘lmaydi.

Birinchi o‘yinda hammasi hal bo‘ladi deb o‘ylamayman, «Enfild»dagi bahsda ijobiy natijadan umidvorman. Chunki unda muxlislarimiz hal qiluvchi rolni bajarishi mumkin.

Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish? Bu haqda gapirishga hali erta», – dedi Klopp.

Taxminiy tarkiblar:

«Portu»: Sa – Pereyra, Reyes, Rikardu, Telles, Errera, Oliveyra, Braximi, Korona, Marega, Soares.

«Liverpul»: Karius – Aleksandr-Arnold, Matip, van Deyk, Robertson, Xenderson, Oksleyd-CHemberlen, Veynaldum, Saloh, Mane, Firmino.

Chempionlar Ligasi, 1/8 final, dastlabki o‘yin 
15 fevral
«Portu» – «Liverpul» 
Stadion:
 «Dragau» (Portu, Portugaliya)
O‘yinning boshlanishi: 00:45
Arbitr: Daniele Orsato (Italiya)

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 12:44, 14.02.2018.
O'qildi: 5332 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.