«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevroa chempionlar ligasi pley-off bosqichida «PSJ» darvozasini ishg‘ol etdi. Bahsning 45-daqiqasida belgilangan penaltidan portugaliyalik futbolchi samarali foydalandi.
Ushbu gol Ronaldu uchun "Qirollik klubi" safida YECHL doirasidagi 100-gol bo‘ldi. Krishtianu musobaqa tarixida bitta klub safida yuzlik dovonni bosib o‘tgan dastlabki futbolchiga aylandi. Taqqoslash uchun, "Barselona" hujumchisi Lionel Messi hisobida 97ta gol bor.