Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

YECHL. Angliyaning yana bir jamoasi keyingi bosqich masalasini hal qildi

YECHL. Angliyaning yana bir jamoasi keyingi bosqich masalasini hal qildi

Baho:
+ | -

Angliya premyer-ligasining yana bir jamoasi Yevropa chempionlar ligasining dastlabki o‘yinida yirik hisobda g‘alaba qozondi. "Portu" mehmoni bo‘lgan "Liverpul" raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Portugaliyaliklar raqibning 5ta goliga biror marta javob bera olishmadi. Uchrashuvda Sadyo Mane "xet-trik"ga erishgan bo‘lsa, Saloh va Firmino o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘yishdi.

Mazkur g‘alaba amalda Yurgen Klopp jamoasini chorak finalga olib chiqdi. Javob o‘yini 6 mart kuni Liverpul shahrida bo‘lib o‘tadi.

Yevropa chempionlar ligasi, 1/8 final, dastlabki o‘yin
Portu Portugaliya – Liverpul Angliya 0:5 (0:2, 0:3)
Gollar: 0:1 – 25 Mane, 0:2 – 29 Saloh, 0:3 – 53 Mane, 0:4 – 69 Firmino, 0:5 – 85 Mane.
Portu – Joze Sa, Reyes, Telles, Rikardu Pereyra, Markano, Serjiu Oliveyra, Errera, Marega, Otavio (Korona, 46), Braimi (Uoris, 62), Soares (Gonsalu Pasiyensiya, 74).
Liverpul – Karius, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold (Gomes, 79), van Deyk, Firmino (Ingz, 80), Milner, Saloh, Veynaldum, Mane, Xenderson (Matip, 75).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:42, 15.02.2018.
O'qildi: 8986 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик