Kirish Ro'yxatdan o'tish

Al Helayfiy: "Hakam "Real"ga yordam berdi"

Al Helayfiy: "Hakam "Real"ga yordam berdi"

Baho:
+ | -1

"PSJ" prezidenti Nosir Al Helayfiy YECHL nimchorak finalining birinchi uchrashuvida "Real"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng hakamlarni aybladi.

"Hisob haqqoniy emas. Ikkinchi bo‘limda biz yaxshiroq o‘ynadik deb o‘ylayman, golga tortadigan vaziyatlarimiz ko‘p bo‘ldi, ammo xatolarga yo‘l qo‘ydik.

Mbappening vaziyatida ofsayd belgilashdi, ammo ofsayd yo‘q edi. Hakamlarning xatolari bizga qimmatga tushdi. Hakam "Real"ga yordam berdi.

Endi javob uchrashuvi haqida o‘ylashimiz kerak. Biz o‘z uyimizda, o‘z stadionimizda va muxlislarimiz oldida o‘ynaymiz. Keyingi bosqichga chiqa olamiz deb o‘ylayman. Qo‘limizdan kelgan hamma ishni qilamiz. "Real"ga qiyin bo‘ladi", - deydi Helayfiy.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:19, 15.02.2018.
O'qildi: 14524 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик