Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Unai Emeri: «Hakamlar g‘alati qarorlar orqali «Real»ga yordam berishdi»

Unai Emeri: «Hakamlar g‘alati qarorlar orqali «Real»ga yordam berishdi»

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Unai Emeri Yevropa chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan «Real»ga qarshi o‘yindan so‘ng hakamlardan shikoyat qildi.

«Menga Ramos o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynashi mumkinligini aytishgandi. Men vaziyatni ko‘rmadim, ammo menga aytishdiki, bu ... Bu hakamlarning ishi, agar qoida buzilgan bo‘lsa, penalti belgilanishi kerak.

Bu o‘zimizni oqlash emas. Agar hakamlar yana shunday qarorlar qabul qilmaydigan bo‘lsa, biz bu to‘qnashuvda g‘olib chiqishimiz mumkin.

Ikki xil taassurotni his qilyapman. Hisob 1:1 bo‘lib turganida hakamning shubhali qarorlari «Real»ning foydasiga ishladi. Shundan so‘ng ham biz yaxshiroq o‘ynadik, to‘pni nazorat qildik va ikkinchi golni urishimiz mumkin edi. Ammo shubhali qarorlar «Real»ga "kambek" qilish imkoniyatini berdi.

«Real» xavfli qarshi hujumlar tashkil qilishga qodir. Agar ehtiyotkor bo‘lib o‘ynaganimizda va hakamlar xolis qaror chiqarishganida, «PSJ» bugun durangni ushlab qolishi yoki g‘alaba qozonishi ham mumkin edi.

«Real» – to‘qnashuv favoriti. Sababi, bu jamoa musobaqaning amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Ular so‘nggi 4 yil ichida 3 marta unda g‘olib chiqishgan. Ammo keyingi bosqichga chiqish uchun bizda imkoniyat bor», – dedi Emeri.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:17, 15.02.2018.
O'qildi: 11358 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик