“Real” “Tottenxem” himoyachisi Tobi Alderveyreldga qiziqib qoldi.
“Mirror” nashrining yozishicha, “qirollik klubi” Alderveyreld orqali himoyani kuchaytirmoqchi. Futbolchining o‘zi ham Angliyadan ketishi mumkin, u so‘nggi paytlarda “Tottenxem”dagi holatidan norozi bo‘lmoqda.
Himoyachining amaldagi shartnomasi 2019 yilgacha mo‘ljallangan. Agar futbolchi shartnomasini uzaytirmasa, “shporlar” uni 25 mln funtga sotishi mumkin.