“Napoli” yarim himoyachisi Dris Mertens bugun YECHL 1/8 finali doirasida “Leypsig”ga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Gap shundaki, Neapol klubi murabbiylar shtabi 30 yoshli futbolchini jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lmaguncha tarkibga kiritmaslikka qaror qilishgan.