Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi BAA yig‘ini doirasida bugun uchinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazadi.
“Bunyodkor”ning sparring raqibi – Otabek Shukurov to‘p tepayotgan “Al-SHarja” klubi bo‘ladi.
“Bunyodkor” – “Al-SHarja” uchrashuvi bugun (16 fevral) Sharja shahridagi “Xolid bin Muhammad” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 18:20da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi “qaldirg‘ochlar” bungacha Xitoyning ikki klubi – “Chunsin Lifan” (0:0) va “Shandun Lunen” (4:0) jamoalari bilan kuch sinashib, bir durang va bir g‘alaba qayd etishdi.