Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/06 03:00 Panama 2-1 AQSh
28/06 06:00 Urugvay 5-0 Boliviya
28/06 20:00 So‘g‘diyona 4-2 Dinamo
28/06 20:00 Qizilqum 1-0 OKMK
29/06 03:00 Kolumbiya 3-0 Kosta-Rika
29/06 06:00 Paragvay - Braziliya
29/06 21:00 Shveysariya - Italiya
30/06 00:00 Germaniya - Daniya
30/06 05:00 Kanada - Chili
30/06 05:00 Argentina - Peru
30/06 21:00 Angliya - Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya - Gruziya

"Nasaf"ning raqibi "Al Vasl" haqida

"Nasaf"ning raqibi "Al Vasl" haqida

Baho:
+ | -

Bu yilgi Osiyo chempionlar ligasining 2-turida “Nasaf” Birlashgan Arab Amirligining “Al Vasl” klubini qabul qiladi.

Shu munosabat bilan "ajdarlar"ning rasmiy sayti raqib jamoa hqida ma’lumotlarni taqdim qildi.

Mazkur uchrashuv Qarshi shahridagi ”Markaziy” stadionimizda 20 fevral seshanba kuni soat 18:00da boshlanadi.

An’anaga ko‘ra, raqib “Al Vasl” haqida umumiy ma’lumotlar bilan tanishtiramiz.

To‘liq nomi: “Al Vasl” futbol klubi (Dubay shahri, Birlashgan Arab Amirligi)

Tashkil bo‘lgan yili: 1960 yil

Laqabi: “Gepardlar”

Klub prezidenti: Muxammad Axmad Bin Faxad

Klub bosh murabbiyi: Rodolfa Arrauabarrena (Argentina)

Stadioni: Zabel stadium, Dubay (sig‘imi: 18000)

Erishgan yutuqlari: BAA Pro ligasining 7 karra chempionati, 2 karra BAA kubogi sohibi, Fors qo‘ltig‘i chempionlar kubogi sohibi.

“Al Vasl” klubi BAA Pro ligasining o‘tgan 2016/17 yillardagi mavsumida 2-o‘rinni egallagan va OCHL-2018da ishtirok etishi huquqini qo‘lga kiritgan. BAA Pro ligasi 1977 yilda tashkil bo‘lgan bo‘lib, ayni paytda 14 jamoa chempionlik uchun kurash olib boradi.

“Al Vasl” klubi bu yilgi ichki chempionatda 16 uchrashuvdan so‘ng 32 ochko to‘plab, turnir jadvalining uchinchi pog‘onasini egallab turibdi. Shuningdek raqibimiz Qarshiga kelishi oldidan BAA kubogining chorak finalidagi javob uchrashuvini ham o‘tkazdi. Urashuvda “Al Nasr” bilan kuch sinashib, kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi (dastlabki uchrashuv-2:2) va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

“Al Vasl” jamoasini 2011/2012 yillardagi mavsumda jahon futbolining afsonasi bo‘lmish Diyego Maradano ham boshqargan.

Ayni paytda esa uning hamyurti Rodolfa Arrauabarrena “Al Vasl”ga ustozlik qilmoqda.

Jamoa tarkibida mahalliy futbolchilar bilan birga, to‘rt nafar legioner futbolchilar ham to‘p tepishmoqda. Bular braziliyalik yarim himoyachilar Fabio Lima, Ronaldo Mendes va hujumchi Kayo Kanedolardir. Yarim himoyachi Entoni Kaseres esa Avstraliyaliyadan.

“Al Vasl”ning keyingi uchrashuvlarda maydonga tushayotgan tarkibi.

Darvozabonlar:

1.Sulton Al Manteri

12.YUsuf Abdulla

Himoyachilar:

3.Abdulloh Saloh

4.Abdulla Jassim

6.Vohid Ismoil

44.Salim Juma Alazizi

55.Axmad Essa Juma

77.Hazza Al Farezi

Yarim himoyachilar:

5.Ali Salmon Al Balushi

8.Entoni Kaseres (Avstraliya)

10.Fabio Lima (Braziliya)

13. Xolid Al Shayboni

15.Abdulla Al Naqbi

17.Ronaldo Mendes (Braziliya)

24.Hamad Al Blushi

78.Xalil Xamis

88.Humaid Abbos

Hujumchilar:

7.Kayo Kanedo (Braziliya), jamoa sardori

22.Muhammad Hasan

99.Ali Solih

Jamoaning hozirgi paytdagi to‘purari Fabio Lima hisoblanadi. Bu futbolchi raqiblari darvozasini 17 marta ishg‘ol qilgan. Kayo Kanedo esa 12 marta gol muallifi bo‘lgan.

“Nasaf” bu safar ana shunday jamoaga qarshi bahs yuritadi.

Manba: fc-nasaf.uz
Kiritildi: 09:50, 17.02.2018.
O'qildi: 5812 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.