Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Tojikiston “Istiqlol”i Toshkentda, O‘zbekiston “Istiqlol”i esa O‘shda

Tojikiston “Istiqlol”i Toshkentda, O‘zbekiston “Istiqlol”i esa O‘shda

Baho:
+ | -

Superliganing iqtisodiy jihatdan baquvvat klublari xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarini asosan xorijda tashkil etilgan yig‘inlari doirasida o‘tkazishi odat tusiga kirgan.

Boshqa klublar esa iqtisodni tejash maqsadida raqib sifatida mahalliy jamoalar bilan til topishadi.  Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, yurtimizga xorijiy klublarning o‘zlari tashrif buyurishmoqda yoki jamoalarimizning o‘zlari katta mablag‘ talab etmaydigan yaqin davlatlarga safar etishib, o‘sha yerning kuchli klublari bilan nazorat o‘yinlarini o‘tkazmoqdalar. Shundaylardan biri o‘tgan yili birinchi ligani ikkinchi o‘rin bilan yakunlagan Farg‘onaning “Istiqlol” jamoasi qo‘shni Qirg‘iziston davlati O‘sh shahrining “Oloy” jamoasi bilan safarda o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Unda farg‘onaliklar kichik ustunlikka ega bo‘lishdi. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida «Oloy» jamoasi darvozasiga gol kiritib, 0:1 hisobida g‘alabaga erishishdi.

Farg‘onaning “Istiqlol” jamoasi Qirg‘izistondan qaytgan bir paytda yurtimizga Tojikistonning “Istiqlol” klubi tashrif buyurgan. Dushanbeliklar mamlakatimizda bir haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishi jarayonida qator o‘rtoqlik uchrashuvlari uyushtirish bo‘yicha klublarimiz bilan kelishib ham qo‘ygan. Rejaga ko‘ra belgilangan o‘yinlar:

18 fevral

«Istiqlol» - «Qo‘qon-1912»

20 fevral

«Istiqlol» - «So‘g‘diyona»

 21 fevral

«Istiqlol» - «Oqtepa»

23 fevral

«Istiklol» - «Qizilqum»

25 fevral

«Istiqlol» - «Surxon».

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 15:42, 17.02.2018.
O'qildi: 3227 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик