Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Temur Kapadze: "Terma jamoa tajribali va yosh futbochilar bilan uyg‘unlashtiriladi"

Temur Kapadze: "Terma jamoa tajribali va yosh futbochilar bilan uyg‘unlashtiriladi"

Baho:
+ | -

Ma’lumki, kuni kecha Temur Kapadze O‘zbekiston milliy terma amoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlandi. "Oriat Dono" radiosi 37 yoshli mutaxassisdan intervyu oldi. E’tiborigizga suhbatni havola qilamiz.

- Temur, bu qanday sodir bo‘ldi?

- Bu men uchun ham kutilmagan voqea bo‘ldi, desam bo‘ladi. Federasiyadan Asqar Tolibjonov qo‘ng‘iroq qilib "kelib ketishim" kerakligini aytdi. Federasiyaga kirganimdan so‘ng O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov qabuliga kirdik. UYErda milliy terma jamoa vaqtinchalik bosh murabbiyi vazifasiga meni ma’qul ko‘rilganini aytishdi. Men hayron qoldim, ishonmay: "yordamchilikdir, balki" deb so‘radim. Ular yo‘q, deyishdi. Men o‘zimdan ko‘ra tajribali boshqa murabbiylar ham borligini aytdim. Ular boshqa murabbiylar klublari bilan bandligi, ikkita o‘yin uchun ularni ovora qilmasliklarini aytishdi. Mening nomzodimga sabab, barcha o‘yinchilarni yaxshi tanishim bo‘lgan ekan. Murabbiylar shtabi tuzib,terma jamoani ikkita o‘rtoqlik uchrashuviga tayyorlashim, terma jamoaga keyinchalik chet eldan murabbiy olib kelinishini aytishdi. Keyinchalik uning yordamchisi bo‘lishim mumkinligini ham aytishdi. Men o‘z minnatdorchiligimni bildirdim va ishonchni oqlashga harakat qilishimni aytdim.

Bu men uchun kutilmagan hol bo‘ldi. Har xil klublarda o‘ynaganman, ammo terma amoa mening uchun har doim birinchi bo‘lib kelgan. Tajriba yoki boshqa tarafdan qiynalishim mumkin, ammo oxirgi yillarda A va S murabbiylik kategoriyaga o‘qidim, bir nech jamoalarda murabbiylarga yordamchi bo‘ldim. Bu borada qo‘rquv yo‘q, birinchi navbatdagi ishim - murabbiylar shtabini tuzish, undan so‘ng futbolchilarning kengaytirilgan tarkibini tuzishim kerak. Yaqin 2-3 kunga vazifam shu hozircha.

- Kutilmagan hol bo‘lgani tushunarli, buni xayolingizga ham keltirmagansiz, to‘g‘rimi?

- Yo‘q bilasizmi, murabbiylikni tanlagan ekanman, qachonlardir milliy termani boshqarish niyachtim bo‘lgan, bu har bir murabbiyning orzusi bo‘lsa kerak. Faqat boshqarish emas, katta natijalarga ham erishi niyati bor. Chet ellik murabbiy kelsa, undan tariba olish imkoniyati berilyapti, buning uchun assosasiyadagilarga rahmat. Qo‘limdan kelgancha, ularning yuzlarini yerga qaratmaslikka harakat qilaman. To‘g‘ri, hozir ko‘pchilik har xil fikrlarda yuribdi, ularniyam tushunsa bo‘ladi...

- Temur, "og‘zi kuygan qatiqni ham "puf"lab ichadi" deganidek, o‘zbek futbol muxlislarining og‘zi kuyganda, shuning uchun har xil gaplarga ’tibori bermasligingizni xohlardim. Chet ellik murabbiylar kelaveradi ketaveradi, biz sa o‘z mutaxassisimiz bo‘lishini istaymiz...

- Albatta, mening ham vazifam shu yaxshi tajriba orttirib, o‘zbek futboliga foydasi tegadigan murabbiy bo‘lish. Hozir menga ikkita o‘yinga jiddiy vazifa qo‘yilgani yo‘q, vazifam shu terma jamoaga nomzodlarni aniqlab, chet ellik murabbiyga ularning statistik natialarini tushuntira oladigan odam bo‘lish.

- Temur, sizga ushbu vazifa topshirilayotganda terma jamoa tarkibini yoshartirish, keksa futbolchilarni kuzatib qo‘yish kabi qo‘shimcha vazifalar aytildimi? Masalan, ko‘pchilikning fikri bo‘yicha, Ravshan Haydarov jamoasidan...

- Albatta, yoshartirish vazifasi bor, ayniqsa o‘ra 23 yoshgacha bo‘lgan terma jamoamiz futbolchilari bilan terma jamoamizni yaxshi holatdagi futbolchilarni uyg‘unlashirgan holda jamoa tuzish topshirig‘i bor. Bugun Ravshan aka Haydarov bilan suhbatlashdim, mart oyida yoshlar terma jamoasining ham o‘yinlari bor, bu borada kelishib ishlaymiz. Albatta, terma jamoani yoshartirish vazifasi bor. Albatta, yosh futbolchilarni birdaniga milliy terma jamoaga jalb qilishda qiyinchilik bo‘ladi.

- Agar hal qilib qo‘ygan bo‘lsangiz, murabbiylar shtabini e’lon qila olasizmi?

- Murabbiylar shtabiga kelsak, Oliy ligadagi hech qaysi murabbiy bezovta qilinmaydi, ular o‘z klublari bilan bo‘ladilar. "Lokomotiv"dan Fyodorovni olishim yoki o‘zim tanigan birikkita murabbiylar bor. Hozir to‘liq bir qarorga kelganim yo‘q.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:08, 17.02.2018.
O'qildi: 4690 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.