Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

Rodolfa Arrauabarrena: “Tarkibimizda ayrim yo‘qotishlar bor”

Rodolfa Arrauabarrena: “Tarkibimizda ayrim yo‘qotishlar bor”

Baho:
+ | -

Bugun stadionimiz anjumanlar zalida, OCHL-2018 “S” guruhi 2-tur doirasidagi “Nasaf” – “Al Vasl” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida “Al Vasl” klubi bosh murabbiyi Rodolfa Arrauabarrena va jamoaning 8-raqamdagi yarim himoyachisi Entoni Kasereslar ishtirok etishdi.

Rodolfa Arrauabarrena: -Avvalo assalomu alaykum hurmatli jurnalistlar. Ertaga dastlabki uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan ikki jamoa o‘zaro kuch sinashadi. Ikkala jamoaga ham ochkolar zarur. Ertaga shuningdek ikki jamoani ham qiyin uchrashuv kutib turibdi. Raqibimizda bizga nisbatan imkoniyat ko‘proq, chunki ular o‘z maydonida o‘ynashadi. Ammo o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Biz ham ertaga g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

O‘tgan uchrashuvda o‘z maydonimizda o‘ynab, mag‘lubiyatga uchraganimiz biz uchun alamli bo‘ldi. So‘nggi daqiqada ikkinchi golni o‘tkazib yuborganimiz mag‘lubiyatimizga sabab bo‘ldi. Shuningdek bu uchrashuvdan oldin biz mamlakat kubogi uchrashuvida asosiy raqibimiz bilan o‘yin o‘tkazdik. Bu uchrashuvda futbolchilarimiz katta kuch yo‘qotishgan edilar.

Tarkibimiz haqida. Hech bir murabbiy o‘yindan oldin o‘z tarkibi haqida aniq ma’lumot bermaydi. Kechirasizlar, men ham ertaga maydonga tushadigan jamoamiz tarkibi haqida ochiq gapirish istagida emasman. Ammo tarkibimizda ayrim yo‘qotishlar yo‘q emas. Ba’zi futbolchilarimiz jarohati tufayli bu yerga kelmadi. Aniq maydonga tushadigan tarkibimiz haqida ertaga, o‘yindan oldin ma’lumotga ega bo‘lasiz.

OCHLdagi vazifamiz haqida? Bunday nufuzli musobaqada ishtirok etmaganmizga o‘n bir yil bo‘ldi. Shu bois ba’zi futbolchilarimizda tajriba ham yetishmayapti. Bizda “Al Ayn”dek OCHLdagi ishtiroki bilan katta tajribaga ega klublar bor. Bunga qaramasdan biz ham OCHLda yaxshi natijaga erishishga harakat qilamiz.

Qarshiga yarim himoyachimiz Fabio Limani olib kelmadik, unda kichik jarohat borligi bois uyda qoldirdik. Hujumchimiz va jamoamiz sardori Kayo Kanedo shu yerda, u ertaga maydonga tushishi mumkin.

“Nasaf” ham o‘tgan o‘yinda yutqazib qo‘ydi. Ammo ular darvozasidan uchta gol o‘tkazib yuborishga munosib emasdi. “Nasaf” juda yaxshi o‘yin namoyish etdi. To‘g‘ri, ayrim xatolar bo‘ldi. Biz bu o‘yinni yaxshi tahlil qildik va raqibimizning bu xatolaridan biz ham ertaga foydalanishga urinib ko‘ramiz.

Mamlakatingiz chempionati qit’amizda eng kuchli chempionatlardan biri hisoblanadi. “Nasaf” ham shunday kuchli chempionat ishtirokchisi hisoblanadi. Jamoa yinchilarida jismoniy va boshqa sifatlar ham yuqori darajada.

Entoni Kaseres: -Ertaga albatta juda qiyin o‘yin bo‘ladi. Raqibimiz “Nasaf” ham juda kuchli o‘yin ko‘rsatadi. Shunday bo‘lsada chiroyli o‘yin ko‘rsatib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. O‘ylaymanki, muxlislar ertaga qiziqarli o‘yin guvohi bo‘lishadi.

Dubayning ob-havosi bilan bu yerni ob-havosida farq bor. Bu ham maydon egalariga qo‘l keladi, ammo ertaga biz ham ijobiy natijani qo‘lga kiritishga urinib ko‘ramiz.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 13:03, 19.02.2018.
O'qildi: 2103 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.