Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-0 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Ro‘ziqul Berdiyev: “Biz uchun uch ochko juda muhim”

Ro‘ziqul Berdiyev: “Biz uchun uch ochko juda muhim”

Baho:
+ | -

“Nasaf” – “Al Vasl” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanining navbatdagi qismida,  jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Berdiyev va himoyachimiz Igor Golbanlar ishtirok etishdi.

-Avvalo assalomu alaykum. Ertaga ikki mag‘lubiyatga uchragan jamoa maydonga tushadi. Ikkala jamoani ham faqat g‘alaba qoniqtiradi. O‘ylaymanki, ertaga qiziqarli o‘yin bo‘ladi. Biz bu o‘yinga futbolchilarimizni yaxshi tayyorladik. Biz uchun uch ochko juda muhim, shu maqsadda ertaga maydonga tushamiz.

O‘tgan o‘yinda yo‘l qo‘ygan xatolarimizni chuqur tahlil qildik. Bu borada futbolchilarimizga tegishli ko‘rsatmalar ham berdik. O‘ylaymanki, bu xatolar boshqa takrorlanmaydi. O‘tgan o‘yinda bizda o‘yin tizginini qo‘lga oladigan yetakchi yetishmadi. To‘pni nazorat qilishda ham oqsadik. Bundan kerakli xulosalarni chiqardik.

Raqibimiz haqida. Raqibimizni yaxshi o‘rganib chiqdik. “Al Vasl”da ham boshqa raqiblarimizdek o‘yin amaliyoti kuchli, chunki ularda ham ichki chempionat eng qizg‘in pallada. Ularning keyingi to‘rtta o‘yinini o‘rganib chiqdik. Jamoaning oldingi chizig‘ida o‘ynaydigan uchta o‘yinchi juda xavfli. Bunga qarshi o‘yinchilarimizni tayyorladik.

Biz yangi futbol mavsumida uchinchi rasmiy o‘yin o‘tkazish arafasidamiz. Bizda o‘yin amaliyoti yetishmasligi bahona bo‘la olmaydi. Jahongir Aliyevni hozirgi holati, bizga yordam berishga tayyor. Ammo uning o‘yinga tushish yoki tushmasligi ertaga aniq bo‘ladi.

Igor Golban: - Ertaga qiziqarli o‘yin bo‘ladi. O‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Biz bo‘lajak o‘yinga tayyormiz. Ertaga muxlislarimizni xursand qilish niyatidamiz. 

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 13:07, 19.02.2018.
O'qildi: 3679 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик