Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

"Qo‘qon-1912": Tojikistonning "Istiqlol" klubidan ustun keldik

"Qo‘qon-1912": Tojikistonning "Istiqlol" klubidan ustun keldik

Baho:
+ | -

“Qo‘qon-1912” jamoasi Toshkentdagi yig‘in doirasida Tojikistonning “Istiqlol” klubiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Bugun Bahodir Akramov, Jamshid Hasanov va Javohir Sidiqovlar mashg‘ulotlar paytida jarohat olishgani bois uchrashuvni o‘tkazib yuborishdi. Lekin xavotirlanishga o‘rin yo‘q. Ularning jarohati jiddiy emas.

Jamoamiz ko‘rigida bo‘lib turgan serbiyalik legionerlar Milan Spremo hamda Marko Milichlar asosiy tarkibda maydonga tushdilar. Saveliy Abramov va Muslim Qurbonovlar esa zaxiradan o‘rin olishdi.

Toshkentda yig‘in o‘tkazayotgan Dushanbening “Istiqlol” jamoasini o‘zbekistonlik futbol muxlislariga tanish bo‘lgan Muhsin Muhammadiyev boshqarib bormoqda.

Uchrashuvni vakillarimiz ancha faol tarzda boshlashdi. Ilk daqiqalardan raqib darvozasi oldida shiddatli hujum tashkil etgan futbolchilarimiz xavfli imkoniyatlarga ega bo‘lishdi.

18-daqiqada raqiblarimiz Suhrob Berdiyev nisbatan qoida buzishdi. Murod Xolmuhammedovning jarima zarbasi esa biroz noaniq bo‘ldi. 23-daqiqada yana bir xavfli hujum tashkil etdik. Quvondiq Ro‘ziyev kuchli zarba yo‘lladi ammo mo‘ljalga ozgina adashdi. 

Birinchi bo‘limda to‘liq tashabbusga ega bo‘lgan vakillarimiz 42-daqiqada hisobni ochishdi. Murod Holmuhammedovning o‘ng qanotdan oshirgan to‘pini Bahodir Pardayev chaqqonlik bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.

Gol o‘tkazib yuborgach, mehmonlar hujumga o‘tishdi. Biroq ularning harakatlarini O‘tkir Yusupov yo‘qqa chiqardi.

Ikkinchi bo‘lim mehmonlar hujumlari bilan boshlandi. 50-daqiqada mehmonlar Quvondiq Ro‘ziyevga nisbatan yana qo‘pollik ishlatishdi. Jarima zarbasini Marko Milich darvoza yo‘llagan edi. Himoyachilar qaytarishdi. “Istiqlol” ikkinchi taymni yaxshi boshladi. Bu jamoa uchrashuvni tomosha qilib turgan mahalliy mutaxassislarda yaxshi taassurot qoldirdi.

59-daqiqada mehmonlar jarima to‘pi tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Ammo ularning zarbasini Yusupov bartaraf etdi.

66-daqiqada ajoyib hujum tashkil etdik. Holmuhammedovning zarbasi darvoza ustuniga tegdi. Oradan bir daqiqa o‘tib Holmuhammedov endi to‘sinni nishonga oldi.

80-daqiqada futbolchilarimiz “Istiqlol” darvozasiga ikkinchi to‘pni kiritishdi. Bu safar Osiyo chempioni Oybek Rustamov chempionlarga xos harakat qilib raqib himoyachisi va posbonini dog‘da qoldirdi.

Shunday qilib vakillarimiz xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Tojikistonning “Istiqlol” klubini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi

“Qo‘qon-1912” (O‘zbekiston) – “Istiqlol” (Tojikiston) – 2:0 (1:0)

Bosh hakam: Igor Xudoydotov.

Gollar: Bahodir Pardayev – 42, Oybek Rustamov – 80.

“Qo‘qon-1912”: 1. O‘tkir Yusupov, 5. G‘iyos Komilov (97. Oybek Rustamov-46), 14. Marko Milich (10. Muslim Qurbonov-87), 18. Bahodir Pardayev (8. Sobir Hamidov-86), 19. Suhrob Berdiyev (21. Saveliy Abramov-88), 23. Aleksandr Merzlyakov, 26. Darko Gojkovich (17. Igor Taran-84), 70. Quvondiq Ro‘ziyev, 77. Murod Xolmuhammedov, 96. Muhammadanas Hasanov, 98. Milan Spremo (9. Nosir Otaqo‘ziyev-46).

Zaxira: 21. Muzaffar Abdullayev, 25. Iqbol Malikjonov.

“Istiqlol”: Nikola Stoshich, Siyovush Asrorov, Artyom Baranovskiy, Axtam Nazarov, Romish Jalilov, Tabrez Davlatmir, Exson Panjshanbe, Muhammadjoni Hasan, Fatxullo Fathulloyev, Vohid Shodiyev, Nikolay Zenko.

Zaxira: Temur Hakimov, Fransis  Agbleto.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 13:15, 19.02.2018.
O'qildi: 2555 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.