Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Sardor Sulaymonov: «Navbahor»da o‘zimni ko‘rsata olaman»

Sardor Sulaymonov: «Navbahor»da o‘zimni ko‘rsata olaman»

Baho:
+ | -

O‘tgan mavsumni Samarqandning «Dinamo» jamoasida to‘p surgan Sardor Sulaymonov yangi mavsumda «Navbahor» sharafini himoya qiladigan bo‘ldi. Xo‘sh, uning dastlabki taassurotlari qanday?

- Sardor, «Navbahor»ga qanday kelib qoldingiz?

- Aslida «Dinamo»da yangi mavsumda ham to‘p surish niyatim bor edi. Voqealar rivoji biz kutgandek bo‘lmadi. Jamoaning Pro-ligada o‘ynashini kutmagandik. Shu bois jamoani tark etishga majbur bo‘ldim. Mendan tashqari, deyarli barcha asosiy tarkib futbolchilari boshqa klublarga o‘tib ketishdi. «Navbahor»dan taklif bo‘ldi, chorlovga labbay deya jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqdaman.

- Klubda qanday kutib olishdi?

- Iliq. Deyarli barcha futbolchilar bilan tanishman. O‘zaro til-topishishda muammo ko‘zga tashlanmadi.

- «Navbahor»da yangi mavsumni o‘tkazasiz. Umuman olganda hayajon bormi?

- Klub bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdim. To‘g‘risi, Namanganda o‘tadigan dastlabki o‘yinimizni intizorlik bilan kutmoqdaman. Bilamiz, Namanganda futbolni qattiq ardoqlashadi. Muxlislar to‘la o‘yingohda o‘ynash boshqachada, baribir.

- «Navbahor»dagi raqobatdan cho‘chimayapsizmi?
- Darhaqiqat, jamoada yosh va tajribali futbolchilar jamlangan. O‘tgan yilgi natijaning o‘zi «Navbahor»ni kuchini ko‘rsatib turibdi. Raqobatdan qo‘rqmayman, bo‘lmasa jamoaga o‘tmasdim.

- «Dinamo»da bir yil to‘p surib, muxlislar orttirishga erishdingiz. Namangan jamoasida yo‘qolib qolmaysizmi?

- «Navbahor»da o‘zimni ko‘rsata olaman, deb o‘ylayman. Muxlislar juda talabchanligi ma’lum. Shunday bo‘lsa-da, ularning va murabbiylarimizning ishonchini qozona olaman.

- «Navbahor» oldiga kuchli uchlikka kirish vazifa qilib belgilangan. Jamoa bunga qodirmi?

- Viloyat hokimi tomonidan shunday topshiriq berilganini eshitdim. Jamoada barchasi joyida, futbolchilar ahil-inoq. Superligida 3-o‘rin uchun kurash qizg‘in kechishini aytish mumkin. O‘ylaymanki, bir tan bo‘lib ushbu vazifani bajarishga harakat qilamiz.

O. Naimov suhbatlashdi

Manba: www.lochinlar.uz
Kiritildi: 18:23, 19.02.2018.
O'qildi: 2812 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.