Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Angliya kubogi. «Manchester Siti» musobaqadan chiqib ketdi

Angliya kubogi. «Manchester Siti» musobaqadan chiqib ketdi

Baho:
+ | -

Angliya kubogining nimchorak final bosqichida kutilmagan natija qayd etildi. Mavsumni yuqori saviyada o‘tkazayotgan "Manchester Siti" uchinchi divizion klubiga yutqazib qo‘ydi.

"Uigan"ga qarshi o‘yinda "shaharliklar" to‘la ustunlikka ega bo‘lishdi, to‘pni nazorat qilishdi, ammo raqib darvozasini ishg‘ol etish ularga nasib etmadi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda hakam "Siti" himoyachisi Delfni maydondan chetlatdi.

Bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay, Gvardiola shogirdlari ikkinchi taymda ham tashabbusni o‘z qo‘llarida ushlab turishdi. "Uigan" esa butun jamoa bo‘lib ishonchli himoyalanishda davom etdi. Mezbonlar ikkinchi bo‘limda atigi bir marta hujumga o‘tishdi va uni gol bilan yakunlashdi.

"Manchester Siti" qolgan vaqt davomida mag‘lubiyatdan qutulib qola olmadi.

Angliya kubogi, nimchorak final
Uigan – Manchester Siti 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 79 Grigg.
Uigan – Uolton, Bern, Dankli, Elder, Perkins, Birn, Pauell (Fulton, 27), Pauer, Roberts (Jeykobs, 55), Grigg, Messi (Kolklaf, 77).
Manchester Siti – Bravo, Laport, Stounz, Danilo, Delf, Silva (de Bryuyne, 65), Fernandinyo, Bernardu Silva, Gyundogan, Sane (Uoker, 46), Aguero.
Ogohlantirishlar: Messi (59), Fulton (69), Elder (71), Uolton (84), Pauer (90).
Chetlatish: Delf (45).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:59, 20.02.2018.
O'qildi: 8718 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик