Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Umid Ahmadjonov O‘zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi vakillari bilan uchrashdi

Umid Ahmadjonov O‘zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi vakillari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Bugun, 20 fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida Umid Ahmadjonov O‘zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi vakillarini qabul qildi.

MOQ Prezidenti bilan uchrashuvda sport kurashlari assosiasiyasi rahbariyati, terma jamoalar murabbiylari va ushbu sport turi mutaxassislari ishtirok etishdi. Yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonda sport kurashlarini, hususan, erkin va yunon-rum kurashlarini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat bo‘ldi. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti mutaxassislardan yurtimizda ushbu sport turini yanada rivojlantirish uchun nimalar qilinishi lozimligi haqida takliflarni eshitdi. Umid Ahmadjonov yurtimizda mazkur sport turi yanada taraqqiy topishi uchun rivojlanish strategiyasini yaratish borasida topshiriq berdi. MOQ rahbari sportning ushbu turini viloyatlarda ham rivojlantirish va ommaviyligini oshirish lozimligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

"Bundan buyon Olimpiya zaxiralari kollejlari Milliy olimpiya qo‘mitasi bazasi sifatida faoliyat olib boradi. Xududiy musobaqalar tizimini yaratishimiz lozim. Ishni eng pastki bo‘g‘imlardan, hususan, bolalar va o‘smirlar sport maktablaridan qayta ko‘rib chiqish kerak. Mamlakatimiz rahbari sportni rivojlantirish borasida oldimizga katta vazifalar qo‘ymoqda. Endi xar bir xalqaro musobaqa natijasi tahlil qilib boriladi. Yaxshi va kuchli sportchi tarbiyalab bergan murabbiylar, iqtidorlarni o‘z vaqtida aniqlab, tarkibga kiritgan seleksioner mutaxassislar MOQ tomonidan rag‘batlantiriladi. Kelajakda Chimyon va Zominda sportchilarimiz uchun o‘quv-mashg‘ulotlar bazasi bunyod etiladi", - dedi uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov.

O‘z o‘rnida murabbiylar o‘rtada turgan muammolarni ochiq-oydin bayon etdilar. Ba’zi Olimpiya zaxiralari kollejlarida mashg‘ulot zallari yo‘qligi, buning natijasida sportchilar stadionlarda yoki uzoq joylarda mashg‘ulot o‘tkazayotganliklari ta’kidlandi. Ba’zi zallarda esa haliyam eski mashg‘ulot gilamlaridan foydalanilayotganligi qayd etib o‘tildi. MOQ Prezidenti yaqin vaqtlar ichida barcha muammolar bartaraf etilishini, sportchilarimiz uchun yetarli sharoitlar yaratib berishga tayyor ekanligini aytdi. Sport kurashlari bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqilishini va buning uchun barcha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 18:18, 20.02.2018.
O'qildi: 1675 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик