“Chelsi” va “Barselona” o‘rtasidagi to‘qnashuvlarga oid yana bir qiziq ma’lumot paydo bo‘ldi.
Unga ko‘ra, yevrokuboklar doirasida “Barselona” “Chelsi” maydonidagi oxirgi 6 ta o‘yinning bittasidagina g‘alaba qozongan ekan. Yana bitta o‘yin durang bilan yakunlangan bo‘lsa, 4 tasida Kataloniya klubi mag‘lub bo‘lgan.
“Barselona” “Chelsi”ni mehmonda oxirgi marta 2006 yilda mag‘lub etgan.