Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

Ro‘ziqul Berdiyev: “Muxlislardan minnatdormiz”

Ro‘ziqul Berdiyev: “Muxlislardan minnatdormiz”

Baho:
+ | -

O‘yin yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanining navbatdagi qismida “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Sa’dullayevich ishtirok etib o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Ro‘ziqul Berdiyev: - Muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklaymiz. OCHLda g‘alabalar osonlikcha qo‘lga kiritilmaydi. Bugun yigitlar juda mashaqqatli ishni bajarishdi. Bugun raqibga o‘yin bo‘yicha hech qanday imkoniyat qoldirmadik. Ularni birgina darvoza tomon tepgan zarbasini inobatga olmasak, boshqa vaziyat yarata olishmadi.

Saydullo Rahmatov jamoamiz o‘yinchisi hisoblanadi, jamoamizdagi raqobat uni kamroq o‘yinga tushishiga sabab bo‘layotgan edi. Biz unga ishonishda davom etamiz.

Biz agar bugungidek o‘yin ko‘rsatsak, har qanday raqibni mag‘lub etishimiz mumkin.  Ammo hali kamchiliklardan forig‘ emasmiz, mavsum endi boshlanayapti, kamchiliklar ustida ishlashda davom etamiz.

Tez kunda Superliga o‘yinlari start oladi. Birinchi turda bizni "Neftchi"ga qarshi jiddiy bahs kutmoqda. Keyin esa oradan to‘rt kun o‘tib "Al Sadd"ga qarshi muhim bellashuv bo‘ladi. Joriy mavsum jamoamiz uchun nihoyatda og‘ir. "Neftchi" bilan o‘yin ham qiyin bo‘ladi. Biz mehmonda o‘ynaymiz. Chempionatdagi dastlabki o‘yin hamisha oson kechmaydi.

Tarkibimizda yanada ko‘proq futbolchilar bo‘lsa, yomon bo‘lmasdi. Biz Muborakning “Mash’al” jamoasidan ayrim o‘yinchilarni tarkibimizga jalb etmoqchi bo‘ldik, hattoki sotib olishga ham tayyor edik. Nachora, “Mash’al” o‘z futbolchilarini bizga berishni hohlamadi. Ammo bizda iqtidorli yosh futbolchilar ko‘p, biz ichki imkoniyatimizdan foydalanishda davom etamiz,” – dedi Berdiyev.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 00:27, 21.02.2018.
O'qildi: 3294 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.