Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Barselona 1-1 Betis
06/04 15:30 Lechche 1-1 Venetsiya
06/04 17:00 Las-Palmas 1-3 Real Sosyedad
06/04 17:45 Andijon 1-0 Mash’al
06/04 18:00 Empoli 0-0 Kalyari
06/04 18:00 Torino 1-1 Verona
06/04 18:00 So‘g‘diyona 2-0 Paxtakor
06/04 18:00 Tottenhem 3-1 Sautgempton
06/04 18:00 Brentford 0-0 Chelsi
06/04 18:00 Fulhem 3-2 Liverpul
06/04 19:15 Sevilya 1-2 Atletiko
06/04 20:00 Xitoy 1-2 O‘zbekiston
06/04 20:15 OKMK 0-0 Dinamo
06/04 20:30 Man. Yunayted 0-0 Manchester Siti
06/04 21:00 Atalanta 0-1 Lasio
06/04 21:30 Valyadolid 0-4 Xetafe
06/04 22:15 Saudiya Arabistoni 3-1 Tailand
06/04 23:45 Roma 1-1 Yuventus
07/04 00:00 Vilyarreal 0-0 Atletik Bilbao
07/04 20:00 Vyetnam - Yaponiya
07/04 20:00 Indoneziya - Yaman
07/04 22:15 Afg‘oniston - Janubiy Koreya
07/04 22:15 BAA - Avstraliya
07/04 23:45 Bolonya - Napoli
08/04 00:00 Lester - Nyukasl
08/04 00:00 Leganes - Osasuna
08/04 20:00 KXDR - Tojikiston
08/04 22:15 Ummon - Eron

Pedro Pauleta: «Ronaldudan aslo xafa emasman»

Pedro Pauleta: «Ronaldudan aslo xafa emasman»

Baho:
+ | -

Moskvada tashkillashtirilgan «Afsonalar kubogi» turnirida ko‘plab faxriy yulduzlar ishtirok etishdi.

Xususan, Yevro-2004 vise-chempioni, Portugaliya terma jamoasining sobiq bosh to‘purari Pedro Pauleta rossiyalik kasbdoshimiz bilan suhbatda turnirdan katta taassurot olganini e’tirof etdi.

- Pedro, oldin ham «Afsonalar kubogi» bahonasida Moskvaga kelgansiz. Sizga faxriylar musobaqasining qaysi jihatlari ko‘proq manzur bo‘lmoqda?

- Birinchidan, har gal Rossiya safaridan o‘zgacha lazzat olaman. Ikkinchidan, Moskvada tashkilotchilik doimo a’lo darajada bo‘ladi.

Turnirga ikkinchi marta kelishimning yana bir sabab shuki, bu yerda futbolchilik davrida tanishgan qator do‘stlarim bilan uchrashaman. Ishoning, bunday uchrashuvlar ko‘pchilik uchun chinakam xursandchilik hisoblanadi.

- Futbolchilik faoliyatini 2010 yili yakunlagandingiz. Katta o‘yinlarni nechog‘li qo‘msayapsiz?

- Eh, o‘sha davr  sog‘inchi... Xayriyatki, ayni payt Portugaliya futbol federasiyasida ishlayapman, mamlakatimiz terma jamoalari bilan hamnafasman. Bilasizmi, menda hanuzgacha maydonda to‘p surish ishtiyoqi juda baland.

Shu bois, o‘ynash imkonini beradigan har qanday tadbirni chin bayram sifatida qabul qilaman.

- Endi suhbat mavzusini buramiz: Portugaliya termasining o‘tgan yili Konfederasiyalar kubogida g‘olib chiqolmagani ranjitmadimi?

- Yo‘q, chunki jamoa kubokni yutolmagan bo‘lsada, mazmunli o‘yin ko‘rsatdi, futbolchilar mahoratni maromiga yetkazishga intilishdi. Endi barchasini JCH bahslarida isbotlashga urinib ko‘rishadi, albatta.

- Portugaliya futbolining hozirgi bosh yulduzi Krishtianu Ronaldu milliy jamoada gol urish bo‘yicha o‘rnatgan rekordingizni yangiladi. Rostini ayting: buni qanday qabul qildingiz?

- Faxr va g‘urur hissini tuydim. Chunki Krishtianu buyuk futbolchi, mana, qanchadan-qancha rekordlarni yangiladi.

- Sizningcha, u dunyoning eng kuchli futbolchisimi?

- Hozir futbol olamida ikki yulduz - Ronaldu va Messi hukmronlik qilayotgani barchaga ma’lum. Albatta, Portugaliya fuqarosi sifatida Ronalduning ham shaxsiy, ham jamoaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha sayyorada tengsiz bo‘lishi tarafdoriman.

- Portugaliya termasi Yevro-2016 g‘olibiga aylangan kecha qayerda edingiz?

- Fransiyada, chempionlikni jamoa bilan birga nishonladim.

- O‘sha lahzalarda qanday hissiyotlar og‘ushiga tushganingizni ta’riflay olasizmi?

- G‘alaba quvonchidan boshimiz ko‘kka yetdi, albatta. Lekin qarama-qarshi hissiyotlar ham yo‘q emasdi. Axir g‘alabani bevosita maydonda nishonlash va texnik hududda bayram qilish o‘rtasida kata farq bor.

Misol uchun aytsam, Yevro-2004 finalida maydonga tushganman, biroq o‘shanda Gresiya termasini yengolmagandik. Demoqchimanki, maydonda o‘ynash boshqayu, chetdan kuzatish boshqa.

- Xo‘sh, qaysi jamoalarni JCH-2018 favoritlari qatorida ko‘ryapsiz?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda. 

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:32, 21.02.2018.
O'qildi: 6497 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz