Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Messi «Chelsi»ga qarshi o‘yinlardagi «qora an’ana»sini yo‘qqa chiqardi (video)

Messi «Chelsi»ga qarshi o‘yinlardagi «qora an’ana»sini yo‘qqa chiqardi (video)

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan «Chelsi» va «Barselona» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni londonliklar ustozi Antonio Konte shaxmat bahsiga aylantirib yubordi.

U asosiy e’tiborni maydonda futbolchilarining zich joylashuviga qaratib, «Barselona»ning pozision hujumlarini «o‘ldirish»ga harakat qildi. Bu reja ish berdi ham. Kataloniyaliklar to‘p nazoratini qanchalik maksimal darajada ushlamasin, raqib jarima maydoniga yorib kirishning deyarli imkoni bo‘lmadi. Qolaversa, bunday uslubdan Konte old chiziqda harakatlangan tezkor va texnik jihatdan mohir hujumchilari – Azar, Villian, Pedroning qarshi hujumlar uyushtirishini maqsad qildi. Shunday hujumlarda Villian ikki ajoyib zarbasi bilan darvoza ustunlarini nishonga oldi. To‘p nazoratiga o‘rtacha 30 foiz egalik qilgan «Chelsi» golga ancha yaqin keldi.

Ikkinchi bo‘limda yana shu ssenariy davom etdi. Kataloniyaliklar maydon markazida yaqqol ustunlik qildi. Ammo mezbonlar ishonchli himoyalanish bilan birga, gol urishni ham uddalashdi. Villian uchinchi urinishda o‘z maqsadiga erishdi. Burchak to‘pida braziliyalik yarim himoyachi jarima maydonchasi tashqarisida bo‘sh qoldirildi, u esa to‘pni erkin qabul qilib olib, billiardcha zarbasi bilan hisobni ochdi.

Baribir londonliklar o‘z murabbiyi ko‘rsatmasini to‘liq bajara olmadi. «Barselona»ning bosimi bir vaziyatda maydon egalarining xatocini yuzaga keltirdi. Bu xatodan Inyesta va Messi a’lo darajada unumli foydalandi. Leo nihoyat to‘qqizinchi urinishda «Chelsi» darvozasini ishg‘ol qildi va «qora an’ana»ni yo‘qqa chiqardi.

Shu tarzda «Barselona» safardagi golli durang bilan o‘ziga ancha qulay vaziyat hosil qildi. To‘qnashuv taqdiri 14 mart kuni «Kamp Nou»da hal bo‘ladi.

YECHL, 1/8 final, dastlabki o‘yin.

«Chelsi» (Angliya) – «Barselona» (Ispaniya) – 1:1 (0:0, 1:1)

Gollar: 1:0 – 62 Villian, 1:1 – 75 Messi.

Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger, Mozes, Azar, Villian, Fabregas (Drinkuoter, 84), Kante, Pedro (Morata, 83), Alonso.

Barselona – ter Shtegen, Serdji Roberto, Pike, Umtiti, Alba, Paulinyo (Aleish Vidal, 63), Rakitich, Buskets, Inyesta (Andre Gomesh, 90), Messi, Suares.

Ogohlantirishlar: Rakitich (29), Suares (76), Ryudiger (80), Morata (86), Buskets (90).

Manba: www.xabar.uz
Kiritildi: 12:48, 21.02.2018.
O'qildi: 3496 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик