Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 0-3 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 4-1 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 0-0 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

AGMK Turkiyadan qaytdi va Toshkentda yig‘in boshladi

AGMK Turkiyadan qaytdi va Toshkentda yig‘in boshladi

Baho:
+ | -

Olmaliqliklar Turkiyaning Antaliya shahrida tashkillashtirilgan va ancha vaqt davom etgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inidan qaytib keldi. Viktor Kumikov shogirdari Antaliyada oltita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi va bularning 1tasida g‘alaba, 4tasida durang hamda 1tasida mag‘lubiyat qayd etdi. Jumladan, Turkmaniston chempioni “Oltin asr” (3:1) jamoasi ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, Rossiya 2-divizioni vakili “Nefteximik” (0:2)ka imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Vengriya 2-divizion vakili “Segel-2011” (1:1), Ukrainaning “Zarya” (1:1) va “Gelios” (0:0) hamda  Gruziyaning “Rustavi” (1:1) klublari bilan durang o‘ynadi. 

Futbolchilar yig‘in davomida to‘liq jismoniy va nazariy mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi.   5 nafar legioner bilan shartnoma tuzildi. Qirg‘izistonlik Pavel Matyash (“Maziya”, Maldiv orollari),  serbiyalik Vladimir Bubanya (“Zemun”, Serbiya) va Yovan Jokich (“Atirau”, Qozog‘iston), moldovalik Vadim Chemirtan (“Bunyodkor”) hamda belaruslik Vladislav Kashminin.  Vadim Chemertan aynan BAAdagi yig‘inga borib qo‘shildi, Kashminin esa o‘tgan yili ham AGMK tarkibida o‘ynagan. AGMK yangi mavsumga so‘nggi tayyorgarlik ishlarini ikki kunlik dam olishdan so‘ng bugundan Toshkentda davom ettirishyapti. 1 martga qadar Superliga vakillaridan biri bilan so‘nggi nazorat o‘yinini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.  26 fevral kuni futbolchilar jismoniy normativlar topshirishadi. Bu orada yangi qabul qilingan futbolchilarni ommaga tanishtirish marosimi ham tashkillashtiriladi.

AGMK bu yil ham JOMA bilan hamkorlikni davom ettirmoqda. Jamoa rahbariyati tomonidan tasdiqlangan logotip singari sariq va qora ranglardagi liboslardan foydalanadi. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 13:13, 21.02.2018.
O'qildi: 2426 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.