Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

“Andijon”ning Toshkentdagi yig‘ini haqida bosh murabbiy qanday fikrda?

“Andijon”ning Toshkentdagi yig‘ini haqida bosh murabbiy qanday fikrda?

Baho:
+ | -

“Burgutlar”ning Toshkentdagi ikki haftalik o‘quv-yig‘in mashg‘uloti nihoyasiga yetdi. Endi “Andijon” jamoasi navbatdagi tayyorgarlik bosqichini o‘z qarorgohida o‘tkazadi.

 Bu haqida jamoa bosh murabbiyi Eldor Sakayev shunday dedi:

-  Bizning tayyorgarligimiz reja bo‘yicha ketyapti. “Qizilqum”ga qarshi o‘ynadik va endi futbolchilarga ikki kunlik dam beramiz. Keyin 18 fevralda Andijonda to‘planamiz. Bilishimcha, Andijon viloyati “Hokimi Kubogi” musobaqasi o‘tkaziladi. Jamoamiz bilan ushbu turnirda qatnashmoqchimiz. Umuman olganda, Toshkentdagi yig‘inimiz yaxshi o‘tdi. Ammo hali o‘zimiz o‘ylagan rejalarni to‘liq amalga oshirganimiz yo‘q. Ayniqsa, tarkibimizga yana yangi o‘yinchilarni qo‘shishimiz kerak. Jamoamizga yaxshi saviyadagi hujumchini taklif etmasak bo‘lmaydi.

Ma’lumki, tarkibga ko‘plab yangi o‘yinchilar qo‘shildi. Ularning aksariyati bilan shartnomalar ham imzolandi. Eldor Usmonovich bu haqida ham ma’lumot berib o‘tdi.

-  Ha, bir qator futbolchilar bilan shartnomalar imzoladik, - deydi Sakayev. - Laziz Ubaydullayev, Muhiddin Xudoyorov, shuningdek, andijonlik yosh, iqtidorli darvozabon Javohir Qilichevni ham jamoaga qaytardik. Bundan tashqari, yana bir andijonlik futbolchi Xushnud Avilovni ham jamoamizga taklif qildik. Shularga o‘xshagan mahalliy, kelajagi porloq o‘yinchilar bilan ishlashga har doim tayyormiz. Yana shartnoma imzolagan o‘yinchilar haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, Siroj Hamroyev, Eldor Boymatov, Ma’ruf Zokirjonov, Sunnat Mamadaliyev, Sunnat Abdullajonov kabi futbolchilarning ham yangi mavsumni “Andijon”da o‘tkazishi aniq bo‘ldi. Shu kunlarda yana bir hujumchi masalasini hal qilishimiz kerak. Qolaversa, 1999 yilda tug‘ilgan 2-3 nafar iste’dodli o‘yinchilarni ham tanlab olishimiz lozim.

Yana bir gap: “Andijon” klubiga xorijlik o‘yinchilarning taklif etilishi borasida ham gap-so‘zlar yurgandi. Fursatdan foydalangan holda bosh murabbiydan ushbu masalaga ham oydinlik kiritishini so‘radik.

-  Pro-ligada legionerlar haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Men asosan o‘zimizning o‘yinchilarni o‘ynatishni xohlayman. Yaxshi legionerlar kimlar? Bular – Artur Gevorkyan, Kaxi Maxaradze, Dragan Cheran, Igor Golban...shularga o‘xshagan xorijlik futbolchilar katta pulga kelishadi. Ayniqsa, Osiyo Chempionlar ligasida o‘ynaydigan klublar kuchliroq legionerlarni olib kelishadi. Ammo o‘rtacha saviyadagi futbolchilarni nima keragi bor? Undan ko‘ra o‘zimizning o‘yinchilar o‘ynagani yaxshi emasmi? Kerak bo‘lsa, Avilov, Qilichev kabi yoshlarimiz o‘sha o‘rtacha legionerlardan ko‘ra yaxshiroq o‘ynashadi.

Darvoqe, tarkibga qo‘shilayotgan hamma o‘yinchilar ham “Andijon”ning rasman a’zosiga aylanishmayapti. Murabbiylarga ma’qul kelmaganlariga javob berilyapti.

-  Ma’ruf Murodov bilan Alibek Turopov jamoamizdan ketishdi. Hozircha shular. Avaz Agaliyev bilan Alisher Samatovning masalasi hozircha ochiq turibdi, - deydi Eldor Sakayev.

Endi Andijonda olib boriladigan mashg‘ulotlar tayyorgarlik bosqichining yakuniy qismi bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli bu safargi yig‘inda e’tibor ko‘proq nimaga qaratilishi haqida ham bosh murabbiy gapirdi.

-  Andijonda funksional tayyorgarlik bo‘yicha ham ishlaymiz. Yangicha taktik sxemalar ustida izlanishlar olib boramiz. Toshkentdagi yig‘inimizda jismoniy tayyorgarlikka ko‘proq e’tibor qaratgandik. Kuniga ikki mahaldan mashg‘ulot o‘tkazib yana o‘yinlar ham o‘tkazdik. Iloji boricha kuchliroq jamoalarga qarshi o‘ynadik. Futbolchilarimizga aynan shunday raqiblar kerak edi. Chunki superliga ishtirokchilari bilan o‘yinlar o‘tkazish biz uchun har tomonlama foydali. Yangi kelgan o‘yinchilarni o‘sha uchrashuvlarda sinab ko‘rdik. Masalan, Agaliyev, Samatov kabi futbolchilar safimizga endi qo‘shilishgani bois ularning moslashishiga biroz vaqt kerak.

-  Viloyat hokimi bizning oldimizga maksimal darajadagi maqsadni qo‘ygan. Buni ortiqcha muhokama qilmasdan vazifani bajarishimiz shart. Futbol muxlislar uchun. Agar biz ishqibozlarimizni xursand qilsak, umid qilamanki, natija ham bo‘ladi.

 «Andijon» matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:01, 21.02.2018.
O'qildi: 2013 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.