Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Peres “Real”ni yozda butunlay yangilamoqchi

Peres “Real”ni yozda butunlay yangilamoqchi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi yozgi transferlar uchun 600 mln yevro mablag‘ ajratgan. Bu albatta klub bilan xayrlashadigan futbolchilar transferi ortidagi summadan tashqari...

Xo‘sh, sezilarli darajada yangilanishni rejalashtirayotgan “Real” Madrid klubi aynan kimlarni ko‘z ostiga olgan? Quyida madridliklar jiddiy qiziqayotgan, “sovchilik” tadorigini ko‘rib qo‘ygan futbolchilar bilan batafsil tanishasiz.

Darvozabonlardan David de Xea yoki Tibo Kurtua

Darvoza chizig‘i haqida jiddiy qayg‘urayotgan bo‘lishiga qaramay madridliklar uchun 130 mln yevro og‘ir kelyapti. Shuning uchun “Manchester Yunayted” darvozabonidan ko‘ra Kurtaning varianti real ko‘rinmoqda. Birinchidan, Kurtuaning tovon puli 100 mln yevro. Ikkinchidan, de Xea singari ulkan maosh so‘raydigan o‘yinchilardan emas. Eng asosiysi esa, Kurtuaning o‘zida ham Madrid klubiga o‘tish uchun moyillik bor.

Tobi Alderveyreld. Bir paytlar “Atletiko”ning formasini kiygan Tobi shu kunlarda “Real Madrid” mutasaddilarini qiziqtirib qo‘ygan. Shuningdek, “Chelsi”da Kontening nazaridan tushib borayotgan David Luiz ham madridliklarning e’tiborida turibdi. Ayni paytda ulsrning har ikkalasining narxi 30 mln yevro.

“PSJ” tarkibida 22 ta match o‘tkazgan Markinyosning transferi “Qirollik klubi” uchun 80 mln yevroga tushishi mumkin. 23 yashar ximoyachi “Real”ning asosiy transferlari ro‘yxatining boshida turibdi.

Interda faoliyatini yuritayotgan slovakiyalik Milan Shkrinyar va Myunxenning “Bavariya”si qanot o‘yinchisi David Alabalar ham madridliklar uchun kerak bo‘lib qolgan. Alaba va Shkrinyarlarning narxi naq 65 mln yevroga baholangan.

Yevropa futbolidagi eng hayajonli o‘yini biln dong taratayotgan Kristian Pulishich uchun 100 mln yevro madridliklarrejasiga kiritilgan bo‘lsa, “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol pogba uchun 120 mln yevro berishga tayyor.

Nihoyat hujum chizig‘i

Eden Azar uchun 135 mln yevro bermoqchi ekanini bildirgan “Real”dan aristokratlar Azar uchun 110 mln yevro va Garet Beylni so‘ragan. Shuningdek “Tottenxem”ning yulduzi Harri Keyn uchun qaymoqranglilar 200 mln yevro berishmoqchi. Eng qizig‘i shundaki, mabodo Keyn Madridga ko‘chib o‘tgudek bo‘lsa, unda “Real” Neymarning transferidan voz kechmoqchi. Mabodo Azar xohish bildirmasa unda “Real”ning Keynga qiziqishi ham sarhad ostiga olinib, Azar va Keyn juftligi o‘rniga Neymar va Muhammad Salohning variantini ko‘rib chiqishmoqchi. Real”ning asosiy nishonlaridan bo‘lib turga Saloh uchun madridliklar 200 mln berishga tayyor ekanligini bildirgan.

Shuningdek, mabodo Saloh yoki Keyn varianti ham o‘xshamay qolsa, unda “Real” jamoaga Robert Levandovskiyni olib kelishi mumkin. Biro “Qirollik klubi” polshalik forvard uchun 70 mln yevrodan ziyod bermoqchi emas.

“Real Madrid”ning eng asosiy nishoni esa, albatta, Neymar... 300 mln yevro...

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 12:26, 22.02.2018.
O'qildi: 15611 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.