Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Qozog‘iston sport vaziri mamlakat futbolini legionerlardan “tozalamoqchi”

Qozog‘iston sport vaziri mamlakat futbolini legionerlardan “tozalamoqchi”

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Qozog‘iston sport vaziri Aristanbek Muxamediuli mamlakat futbolini xorijiy futbolchilardan “tozalamoqchiligini” ma’lum qildi.  

“Joriy yilda Qozog‘istonda faqatgina mahalliy futbolchilar futbol o‘ynashlari masalasi qo‘yilib, ko‘rib chiqiladi. Bu barcha viloyatlar terma jamoalariga taalluqli bo‘ladi. Bundan tashqari, biz viloyatlar rahbarlariga barcha maktablarda boshlang‘ich sinflardan yosh futbolchilar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazishni yo‘lga qo‘yishda yordam berishni taklif qilmoqdamiz”, deb aytgan vazir.

Transfermarkt sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston chempionatining 12 klubida to‘p suruvchi 317 nafar futbolchidan 97 nafari xorijliklardir. Qozog‘iston milliy terma jamoasi yanvar holatiga ko‘ra, FIFA reytingida Markaziy Osiyodagi barcha qo‘shni davlatlar terma jamoalaridan ortda qolib, 136-o‘rinni egallamoqda.   

Ta’kidlash joizki, Qozog‘istonda sportchilarni naturalashtirish (fuqarolik berish) faol tarzda olib boriladi. Jumladan, mamlakatning xokkey terma jamoasiga Ostonaning “Baris” xokkey klubida o‘ynovchi kanadalik va rossiyalik o‘yinchilar jalb qilinadi. Misol uchun, yanvarda shvesiyalik darvozabon Xenrik Karlsson Qozog‘iston fuqaroligini olgan.

Xususan, Pyongchangdagi Olimpiadada short-trek bo‘yicha bahslarda Qozog‘iston sharafini kelib chiqishi janubiy koreyalik Kim Yong A himoya qildi. 

Biroq joriy yil fevralda Keniya yengil atletika federasiyasi Qozog‘iston pasportini olgan keniyalik yuguruvchilarni javobgarlikka tortishini ma’lum qilgan. 

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 01:02, 23.02.2018.
O'qildi: 2553 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик