UYEFA rasmiy sayti YECHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi.
“Sevilya”ga qarshi o‘yinda 8 ta seyvni amalga oshirgan “Manchester Yunayted” posboni David De Xea eng yaxshi futbolchi deb topildi. U 48 foiz ovoz to‘pladi. Shuningdek, Villian 28 foiz, Myuller 17 foiz, Fred esa 7 foiz ovoz olgan.