Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Osiyo chempionining goli “Metallurg”ga g‘alaba keltirdi

Osiyo chempionining goli “Metallurg”ga g‘alaba keltirdi

Baho:
+ | -

Juma kuni Bekobodning “Metallurg” jamoasi Qibraydagi o‘quv-mashg‘ulot maskani mashg‘ulot maydonida yangi mavsum oldidan so‘nggi ko‘rik uchrashuvini o‘tkazdi. Raqib o‘tgan mavsum chempionatda yettinchi o‘rinni egallagan Muborakning “Mash’al” jamoasi bo‘ldi. Qiziqarli, murosasiz ruhda utgan uchrashuvda bekobodliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. O‘yin taqdirini hal etuvchi golni poytaxt viloyati vakillari standart vaziyatdan kiritishdi. 74-daqiqada burchakdan yetkazib berilgan to‘pni Abbos Otaxonov boshi bilan urib raqib darvozasi to‘riga tushirdi.

Bekobodliklar raqiblari darvozasini shundan keyin ham ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lishgandi. Biroq Zohid Abdullayevning kiritgan golini qanot hakami o‘yindan tashqari holatda deb baholadi va inobatga olmadi. Bundan tashqari ham bekobodliklar yana bir qator vaziyatlardan foydalana olishmadi. O‘z navbatida uchrashuv qahramonlaridan biri sifatida “Metallurg” posboni – Zafar Safayevni ham misol qilib ko‘rsatish mumkin. Boisi u kamida uch-to‘rt vaziyatda jamoasini muqarra gollardan saqlab qoldi. Ikki marta esa to‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi.

Murabbiylar shu kuni “Metallurg” tarkibida shug‘ullanayotgan barcha o‘yinchilarga maydonga chiqish imkoniyatini berishdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:41, 24.02.2018.
O'qildi: 2730 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.