Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Dzyudochilarimiz Germaniyadagi «katta dubulg‘a»da ishtirok etishmoqda

Dzyudochilarimiz Germaniyadagi «katta dubulg‘a»da ishtirok etishmoqda

Baho:
+ | -

Germaniyaning Dyusseldorf shahrida dzyudo bo‘yicha nufuzli "katta dubulg‘a" turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu musobaqada hamyurtlarimiz ham ishtirok etayotgani haqida xabar qilgandik. Kecha ikki nafar hamyurtimiz Diyorbek O‘rozboyev hamda Dostonjon Holiqulov musobaqada o‘z omadini sinab ko‘rdi.

-60kg vazn toifasida janglarda ishtirok etgan Rio Olimpiadasi sovrindori Diyorbek O‘rozboyev ilk jangida sloveniyalik David Shtarkelni mag‘lubiyatga uchratdi. Ammo, ikkinchi davrada ozarbayjonlik Vulgar Shirinliga qarshi gilamga chiqqan hamyurtimiz imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

-66kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Dostonjon Holiqulov esa ilk jangidayoq ukrainalik Georgi Zantaraiyaga yutqazdi.

Bugun -73kg vaznda bahslar o‘tkaziladi. Janglarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi G‘iyosjon Boboyev ham ishtirok etadi. Hamyurtimiz bahslarga ikkinchi davradan qo‘shiladi. Boboyev ilk jangida Ishen Amanov (Qirg‘iziston) hamda Dmitris Fedoseyenkovs (Latviya) to‘qnashuvi g‘olibiga qarshi kurash olib boradi.

Hamyurtimizga bugungi janglarda omad tilab qolamiz.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 13:47, 24.02.2018.
O'qildi: 3253 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик