Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

La-Liga. «Barselona» o‘z maydonida «Jirona»ni tor-mor etdi

La-Liga. «Barselona» o‘z maydonida «Jirona»ni tor-mor etdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionati 25-turining bugunga belgilangan so‘nggi bahsida «Barselona» o‘z maydonida «Jirona»ni qabul qildi va yirik hisobda g‘alabaga erishdi.

Avvaliga, 3-daqiqada kataloniyaliklar mudofaa chizig‘ining xatosi tufayli mehmonlar hisobni ochishdi. Kristian Portu Ter Shtegenni birga-bir vaziyatga chiqib jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Ammo “Barselona” mazkur goldan so‘ng o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Aksincha, tezda hisobni tenglashtira oldi. Lionel Messining super-uzatmasidan so‘ng Luis Suares muvozanatni tikladi. Shundan so‘ng mezbonlar birin ketin gollar urishni boshlashdi.

30 va 37-daqiqalarda Lionel Messi chiroyli gollari evaziga jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Taym so‘ngida Koutinyoning uzatmasidan keyin Luis Suares uchrashuvdagi ikkinchi golini kiritdi va birinchi 45 daqiqalik 4:1 hisobida yakuniga yetdi.

Ikkinchi bo‘lim ham kutilganidek, maydon egalarining xavfli hujumlari bilan start oldi. 66-daqiqada Filippe Koutinyo La-ligadagi debyut golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Braziliyalik futbolchi olis masofadan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

76-daqiqaga kelib, Dembelening Suaresga oshirgan uzatmasidan so‘ng yakuniy hisob o‘rnatildi – 6:1. Urugvaylik futbolchi o‘yinni xett-rik bilan yakunladi.

Ispaniya chempionati. 25-tur.

Barselona – Jirona 6:1 (4:1)

Gollar: 0:1 – 3 Portu, 1:1 – 5 Suares, 2:1 – 30 Messi, 3:1 – 36 Messi, 4:1 – 44 Suares, 5:1 – 66 Koutinyo, 6:1 – 76 Suares.

Barselona: ter Stegen, Pike (Vermalen, 64), Alba, Nelson Semedu, Umtiti, Buskets (Paulinyo, 69), Rakitich (Serxi Roberto, 77), Koutinyo, Dembele, Messi, Suares.

Jirona: Bunu, Ramalyo, Espinosa, Xuanpe, Aday (Planas, 46), Portu (Duglas Luis, 70), Pons, Garsiya (Aleysh Garsiya, 63), Granel, Maffeo, Losano.

Ogohlantirishlar: Xuanpe (62), Alba (87).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:43, 25.02.2018.
O'qildi: 7859 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.