Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

O‘FAda Superliga klublari bosh direktorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘FAda Superliga klublari bosh direktorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol Assosiasiyasida Superliga klublari bosh direktorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘FA va PFL mutassaddilari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Kun tartibidagi asosiy masala 1 mart kuni boshlanadigan Superliga uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish, stadionlarda futbol bayrami muhitini yaratish, bu borada klublar oldiga qo‘yilayotgan talablarning bajarilishi qay tartibda ketayotganini nazorat qilishdan iborat bo‘ldi.

Jumladan, Superliga musobaqasi o‘z nomiga yarasha bo‘lishi uchun tashkiliy jihatdan barcha masalalar o‘z vaqtida talabga javob beradigan tarzda bajarilishi kerakligi ta’kidlandi.

Buning uchun stadionlardagi sharoitlar muxlislar uchun qulay bo‘lishi, stadionga kirish, uchrashuvni tomosha qilish va stadiondan chiqishda ishqibozlar muammolarga duch kelmasligi kerakligi, o‘yinlar boshlanishidan oldin turli konsert dasturlarini tashkil etish, muxlislarga sovg‘alar ulashish, oilaviy sektorlarni barpo qilish, taom va ichimlik sotiladigan nuqtalar, klub atributikalari savdosini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, hakamlik masalasiga ham alohida to‘xtalib, joriy mavsumda Superliga uchrashuvlaridagi hakamlik yuqori saviyada bo‘lishini ta’minlash uchun O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi tomonida katta hajmdagi ishlar olib borilayotgani, o‘z o‘rnida klublar ham hakamlarga bo‘lgan hurmatni saqlab, ular o‘yinlarni yuqori saviyada boshqarishlari uchun barcha qulayliklarni ta’minlashlari, hakamlarga chetdan bosim o‘tkazish, ularning ishiga aralashish kabi holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi kerakligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, stadiondagi muxlislik madaniyatini oshirish kerakligi, jo‘r bo‘lib hakam va raqib futbolchilarini so‘kish, haqoratlash kabi salbiy holatlarning oldini olish zarurligi ham alohida qayd etib o‘tildi.   

O‘z o‘rnida Superliga klublari bosh direktorlari ham uchrashuvlarni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish borasida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot berdilar va tegishli masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalar oldilar.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 14:39, 26.02.2018.
O'qildi: 2126 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик