Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-0 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Qo‘qon-1912» jamoasi yangi futbolchilarni tanishtirdi

«Qo‘qon-1912» jamoasi yangi futbolchilarni tanishtirdi

Baho:
+ | -

Bugun Toshkentdagi  O‘zbekiston mehmonxonasida “Qo‘qon-1912” jamoasining yangi mavsum oldidan o‘z safiga qo‘shib olgan yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtirish marosimi o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda murabbiylar shtabi, futbolchilar va ko‘plab muxlislar va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda dastlab jamoa bosh  murabbiyi No‘’mon Hasanov so‘z olib, mavsumga tayyorgarlik jarayonlari haqida yig‘ilganlarga so‘zlab berdi.

photo_2018-02-26_21-34-51

– O‘tgan yili biz hujumkor o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsak, bu yil himoyada ham ehtiyotkorlik bilan o‘ynashni ham o‘zlashtirib oldik. Boshlanadigan chempionatda kamroq gol o‘tkazib yuborishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. O‘ylaymanki, mavsum davomida maqsadimizga erishamiz. Muxlislar bizda yaxshi natijalar kutishmoqda. Biz ular istagan natijalarni qayd etishimiz kerak. Bilasizlar bu yil o‘zgarishlar bo‘ldi. Serbiyadan yordamchi murabbiy taklif etdik. Drajan Dukich menga yordam beradi. Bundan tashqari tarkibimizga bir qator yangi o‘yinchilarni jalb etildi.

Ularni bir oila sifatida birlashtirish yo‘lida tinimsiz mehnat qilyapmiz. Muxlislarimizni xursand qilishimiz kerak. “Markaziy” o‘yingohimiz zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lmoqda. Barchamiz ishqibozlarimizni xursand etishni maqsad qilganmiz. Qo‘qonda bir yarim yil ishlagan bo‘lsam, mehnatlarimiz samarasini bermoqda. Bizning maqsadimiz bitta har bir o‘yinda g‘alaba qozonish, Qo‘qon futboli mavqeini ko‘tarish. Chempionat bahslari qiziqarli bo‘lishi aniq. 12 ta jamoa barchasi g‘alaba uchun kurashadi. Bunisi hamma uchun qiziq bo‘ladi, dedi No‘’mon Hasanov.

Shundan keyin jamoamiz safiga kelib qo‘shilgan yangi futbolchilar: O‘tkir Yusupov, Muzaffar Abdullayev, Bahodir Pardayev, G‘iyos Komilov, Igor Taran, serbiyalik legionerlar Milan Spremo va Marko Milich keng ommaga rasman tanishtirildi va ularga tantanali tarzda ismlari tushirilgan futbolkalar topshirildi.

Kim qaysi raqamda to‘p suradi: O‘tkir Yusupov – 1, Muzaffar Abdullayev – 21, Bahodir Pardayev – 18, Igor Taran – 29, Milan Spremo – 95, Marko Milich – 65,  G‘iyos Komilov – 5.

photo_2018-02-26_21-32-26

Yana bir yangilik bu yildan jamoamiz dunyoga mashhur “Adidas” kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Marosim so‘nggida futbolchilar esdalik uchun suratga tushishdi.

photo_2018-02-26_21-35-01

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 22:13, 26.02.2018.
O'qildi: 3589 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик