Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

«Futbol bashorati»: Superliga-2018da ishtirok eting va sovrin yutib oling!

«Futbol bashorati»: Superliga-2018da ishtirok eting va sovrin yutib oling!

Baho:
+ | -

Yurtimizda futbol bo‘yicha yangi mavsum boshlanish arafasida. Futbolimiz tarixida ilk marta Superliga nomi ostida musobaqa start oladi. Saytimizda o‘tkazib kelinayotgan "Futbol bashorati" tanlovining Superliga bo‘yicha yangi mavsumini boshlayapmiz. Barchani mazkur tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz.

Tanlov qoidalari
A) Saytda ro‘yxatdan o‘tgan muxlislar ishtirok eta oladi.

B) Saytdagi "Futbol bashorati" tanlovining SUPERLIGA-2018 bo‘limiga kirib, bitta turda keltirilgan o‘yinlar uchun o‘zingizning taxminiy natijalaringizni kiriting, so‘ngra "OK" tugmasini bosing. Turdagi o‘yinlarga variant kiritish bahs boshlanishiga 1 soat vaqt qolganida to‘xtatiladi.

S) Superliga ikki bosqichda o‘tkaziladi. Dastlabki bosqichda 22ta, ikkinchi bosqichda 10ta tur, jami 32ta tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Mazkur tanlov ham 32-turdan so‘ng o‘z yakuniga yetadi.

Hisoblash tartibi
A) Hisobni to‘g‘ri topgan muxlisga 3 ball beriladi. Faqatgina g‘olib jamoani to‘g‘ri topgan muxlisga 1 ball berilsa, to‘plar farqini ham to‘g‘ri topgan ishqibozga 2 ball beriladi. Durang bilan yakunlangan o‘yinlarda siz ham durang natijani kiritgan bo‘lsangizu, hisob aniq bo‘lmasa ham 2 ball taqdim etiladi.

B) Natijalar va muxlislar reytingi bilan o‘sha sahifadagi "Reyting" bo‘limi orqali tanishib borasiz. Tanlov yakunida ochkolar teng kelib qolganda g‘olib nomi quyidagicha aniqlanadi:
— eng ko‘p topilgan aniq hisoblar soni;
— eng ko‘p topilgan to‘plar farqi;

Mukofot jamg‘armasi
Tanlov uchun mukofot jamg‘armasi ajratilgan bo‘lib, dastlabki 5ta o‘ringa quyidagicha mukofot beriladi:
1-o‘rin: 50 ming so‘m
2-o‘rin: 40 ming so‘m
3-o‘rin: 30 ming so‘m
4-o‘rin: 20 ming so‘m
5-o‘rin: 10 ming so‘m

Barchaga omad tilaymiz.

Futbol bashorati: SUPERLIGA-2018

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:41, 27.02.2018.
O'qildi: 5047 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.